Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2022-yilda bir qator davlat va jamoat arboblari vafot etdi. “Daryo” ulardan ayrimlari haqida ma’lumot beradi.

O‘zbekiston Qahramoni

May oyida O‘zbekiston Qahramoni, mashhur fermer, “Nurli obod” fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova 64 yoshida vafot etdi.

Lola Murotova

Lola Murotova
Foto: “Daryo”

Shu munosabat bilan prezident Shavkat Mirziyoyev, hukumat va parlament vakillari ta’ziya bildirgan.

Lola Murotova vafotidan oldin betob bo‘lib kasalxonada davolanayotganida davlat rahbari topshirig‘i bilan bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev uning holidan xabar olgandi.

Prezident Farg‘onaga tashrifi davomida Lola Murotovaning betobligi haqida ham to‘xtalib o‘tgandi.

“Kecha kechqurun bir masala meni qiynadi. Lola opa bugun zalda o‘tirishlari kerak edi. Ammo betob bo‘lib qolibdilar. O‘zim borib ko‘rib kelay desam, shifokorlar bemorni bezovta qilmaslik kerakligini aytishdi. Ko‘nglim juda g‘ash bo‘ldi. Ko‘p shifokorlarni yubordim. Yaratganga iltijo qilamiz, tez kunlarda sog‘ayib ketib, safimizga qaytsinlar”, — degan edi prezident .

Lola Murotova 1958-yilda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, mehnat faoliyatini tumandagi “Nurobod” jamoa xo‘jaligida mexanizator sifatida boshlagan va keyinchalik pudratchi, bo‘lim boshlig‘i, xo‘jalik raisi kabi lavozimlarda ishlagan. Lola Murotova tumanda “Nurli obod” fermer xo‘jaligiga asos solgan. Fermer qishloq xo‘jaligi sohasida ilg‘or agrotexnologiyalarni, boshqaruvning zamonaviy usullari va samarali vositalarini qo‘llash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yosh fermerlar avlodini tarbiyalashda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgan.

Lola Murotova jamoat ishlarida ham faol bo‘lgan. U yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlarni bajargan.

Lola Murotova  Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi deputati, Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida ham samarali ish olib borgan.

Lola Murotova davlat va xalq oldidagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, “El-yurt hurmati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari hamda O‘zbekiston Qahramoni oliy unvoni bilan mukofotlangan.

Angren shahri hokimi

2022-yil may oyida Angren shahri hokimi Nuriddin Abdurahimov vafot etdi.

Nuriddin Abdurahimov

Nuriddin Abdurahimov
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

U 1978-yilda Toshkent viloyatining Piskent tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi edi.

2022-yilning 31-yanvarida Angren shahri hokimi etib tayinlangandi. Ya’ni hokim bo‘lganidan 4 oy ham o‘tmasdan qazo qilgan.

Bu lavozimni egallagunga qadar u Prezident administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Nuriddin Abdurahimovning o‘limiga infarkt sabab bo‘lgan.

Yangiyer shahar hokimi

Joriy yilning iyul oyida Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimi Ilyor Xo‘jayev betoblik tufayli vafot etdi.

Ilyor Xo‘jayev

Ilyor Xo‘jayev
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Bu haqda viloyat hokimligi xabar bergan.

Ilyor Xo‘jayev 1977-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2009-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Guliston shahar, Boyovut tumani Moliya bo‘limi rahbari, Guliston shahar hokimining birinchi o‘rinbosari kabi turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

“Sirdaryo viloyati hokimligi jamoasi o‘zining ezgu so‘z, ezgu amallari bilan xalqqa beminnat xizmat qilgan Xo‘jayev Ilyor Ahmad o‘g‘lining oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, — deya ta’ziya bildirgan hokimlik.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »