Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Energetika vazirligi matbuot shtabi is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan ogohlantirdi.

Vazirlik fuqarolardan gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilishni so‘ragan:

  • isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning mo‘ri va havo almashish yo‘laklarini mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini ta’minlang;
  • gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini o‘zgartirmang;
  • nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jiholarini ta’mirlashga yo‘l qo‘ymang;
  • gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda bo‘lishini ta’minlang;
  • mo‘ri va havo almashish yo‘llarining texnik jihatdan soz bo‘lishini ta’minlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;
  • yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;
  • gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;
  • tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;
  • gaz quvurlariga har xil so‘rg‘ichlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymang;
  • gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;
  • bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib o‘chirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz ta’minoti bo‘limiga (104) qo‘ng‘iroq qiling.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »