Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Boylar va mashhurlar eng so‘nggi xavfsizlik tizimlari va shaxsiy qo‘riqchilarni sotib olishi mumkin, biroq bu ham ularni baxtsiz hodisalardan himoya qila olmasligi mumkin. Bu holatlar yana bir bor mashhurlarga oddiy insonlar bilan bog‘liq bo‘lgan hech narsa begona emasligini isbotlaydi: ular ham yig‘laydi, muammoga duch keladi va jinoyatchilardan azob chekadi. Harper’s Bazaar nashri o‘g‘rilik qurboni bo‘lgan mashhurlar haqida ma’lumot berdi.

Julianna Mur

Mashhur Gollivud aktrisasining talonchilik bilan bog‘liq mish-mishlari 2012-yilning may oyida avj oldi. O‘g‘rilar uning Nyu-Yorkdagi uyidan juda ko‘p miqdordagi taqinchoqlarni olib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘rilar aktrisaning umumiy qiymati 127 ming dollar bo‘lgan marjonlari, bilakuzuklari va qimmatbaho soatlarini o‘g‘irlagan.

Foto: “Harper’s Bazaar

Foto: “Harper’s Bazaar

Benedikt Kamberbetch

Britaniyalik aktyor Benedikt 2005-yilda Janubiy Afrikadagi loyihani suratga olish ishlarida ishtirok etdi. Suratga olish jarayonlaridan bo‘sh kunlarning birida aktyor do‘sti bilan birga suzish uchun qirg‘oqqa boradi. Yo‘lda ularning mashinasiga qurollangan qaroqchilar hujum qilgan, sayyohlarni tunab,  bog‘lab, mashina yukxonasiga solib qo‘ygan. Yaxshiyamki, hikoya baxtli yakun bilan tugadi. Biroq o‘lim yoqasida bo‘lgan yulduz o‘zboshimchalik bilan chiqargan qarorlar nimaga olib kelishini umrining oxirigacha eslab qolgan.

Foto: “Harper’s Bazaar

Foto: “Harper’s Bazaar

Kim Kardashyan

Kim Kardashyan 2016-yilda Parijdagi mehmonxonada qolgan vaqtda talonchilik qurboni bo‘lgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, politsiya kiyimidagi erkaklar uning xonasiga bostirib kirib, modelni to‘pponcha bilan qo‘rqitib, garovga olgan. O‘sha oqshom qaroqchilar undan taxminan 11 million dollarlik barcha zargarlik buyumlarini, shu jumladan Kanye Uest sovg‘a qilgan 20 karatli to‘rtburchak olmos uzukni olib o‘g‘irlab ketgan. Model yaralanmagan, biroq u qimmatbaho narsalarni ko‘rsatmaslik kerakligini umrbod eslab qolgan.

Foto: “Harper’s Bazaar

Foto: “Harper’s Bazaar

Jon Lennon

Bir necha avlod qo‘shiqlarini tinglab voyaga yetgan Jon Lennon uning musiqasi kimningdir, ayniqsa o‘zining o‘limiga sabab bo‘lishiga shubha qilmagan. 1980-yilning 8-dekabrida mashhur britaniyalik musiqachi orqasidan to‘rtt ta o‘q jarohati oldi va bir necha daqiqadan so‘ng operatsiya stolida qon yo‘qotishdan vafot etdi. Xonanda o‘zining qotili va vaqtinchalik muxlisi Mark Devid Chapman bilan o‘limidan bir necha soat oldin uchrashgan va hatto uning plastinkasiga imzo qo‘ygan.

Foto: “Harper’s Bazaar

Foto: “Harper’s Bazaar

Janni Versache

20 yildan ko‘proq vaqt oldin moda olamidagi eng shov-shuvli jinoyatlardan biri sodir bo‘ldi: Janni Versache Mayamidagi hashamatli uyi ostonasida boshiga ikkita o‘q uzib o‘ldirilgan. Shafqatsiz jinoyatdan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilning iziga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Bir qarashda hech qanday sirli narsa yo‘q bo‘lgan moda dizaynerining o‘limi holatlari ko‘plab, jumladan, rasmiy talqindan Versachening o‘limiga buyurtma bergan mafiya haqidagi xalq hikoyasigacha nazariyalarni keltirib chiqardi.

Foto: “Harper’s Bazaar

Foto: “Harper’s Bazaar

Sheron Teyt

Sheron Teytning taqdiri dahshatli yakunlangan Gollivud ertagiga o‘xshaydi. 1969-yilning 8-avgustida Charlz Menson “oilasining” to‘rt nafar a’zosi Roman Polanski va uning homilador rafiqasi, aktrisa Sheron Teytning uyiga bostirib kirib, uydagilarning barchasini o‘ldirgan.

Foto: “Harper’s Bazaar

Foto: “Harper’s Bazaar

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »