Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur kinoaktyorlar orasida birgina roli bilan dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishganlari ham bor, shuningdek, ayrimlar o‘ziga katta mashhurlik keltirgan filmlarni emas, balki boshqa kinokartinalarda o‘ziga yoqqan rollarni ijro etganini ta’kidlagan. The Voice nashri mashhurlarning sevimli rollari haqida ma’lumot berdi.

Mettyu Mak-Konaxi 

Ko‘plab tomoshabinlar Mettyuni “Dallas xaridorlar klubi”, “Jentelmenlar” filmlaridagi va “Haqiqiy detektiv” serialidagi rollarini yaxshi ko‘radi. Aktyor esa hali ham 1993-yilda namoyish etilgan “Rohatlangan va sarosimaga tushgan” filmidagi Richard Linklater rolini o‘zining eng yaxshi ishi deb biladi.

Bu film haqida eshitmagan bo‘lishingiz mumkin, biroq kinokartina mashhurlikka erishdi. Kventin Tarantino uni barcha davrlarning 12 ta eng yaxshi filmlari ro‘yxatiga kiritdi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Arnold Shvarsenegger

Arnold Shvarsenegger “Terminator”, “Tozalovchi”, “Tutqich bermaslar” filmlaridagi rollarini emas, 1990-yilda namoyish etilgan “Bolalar bog‘chasidagi politsiyachi” kinokartinasidagi detektiv Jon Kimbl rolini yaxshi ko‘rishini aytgan. Bundan tashqari, 1988-yilda Denni DeVito kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Egizaklar” filmi ham aktyorning yaxshi ko‘rgan kinokartinalaridan hisoblanadi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Jonni Depp

Gollivud yulduzi Jonni Deppning eng sevimli roli Jek Chittak yoki Suini Todd emas, bu rol 2000-yilda “Tezkor shou” teleserialining maxsus epizodidagi kameo — qisqacha ko‘rinishi hisoblanadi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor britan hazilining ashaddiy muxlisi va o‘zining sevimli serialida paydo bo‘lishini o‘zining eng katta yutuqlaridan biri deb biladi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Kianu Rivz

Kianu Rivz sevimli rolini “Matritsa”, “Jon Uik” filmida ijro etmagan. Aktyor 2005-yilda taqdim etilgan “Konstantin: Zulmatlar hukmdori” filmidagi psixopatik qotil Jon Konstantin rolini hanuzgacha nostalji bilan eslaydi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Geri Oldmen

Geri “Beshinchi element”, “Drakula”, “Leon” kabi mashhur filmlarda o‘ynagan. Biroq aktyor o‘z faoliyatidagi eng yaxshi rolni 1991-yilda namoyish etilgan “Jon Kennedi” filmidagi Li Xarvi Osvald deb hisoblaydi. Rejissor o‘z xarakterini gavdalantirishda unga keng yo‘l berdi va Oldmen ishonchdan mamnun bo‘ldi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Viola Devis

“Qotillik uchun javobgarlikdan qanday qutulish mumkin?” filmida rol o‘ynagan va “To‘siqlar”dagi Rouz Makson roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan aktrisa bu rollaridan unchalik faxrlanmaydi. U 2003-yilda “Qonun va tartib” serialida epizodik rolni ijro etdi va buni o‘zining asosiy yutug‘i deb biladi, chunki uning qora rangli teriga ega ekani o‘sha paytda oq tanlilar haqidagi seriallarda rol o‘ynashiga to‘sqinlik qilmadi.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Merilin Monro

Afsonaviy aktrisa Merilin Monroning yaqin do‘stlarining so‘zlariga ko‘ra, u ko‘pincha “Jazzda faqat qizlar” kabi mashhur filmlarini emas, 1950-yilda namoyish etilgan “Asfalt jungli” filmidagi Anjela Finlay epizodik rolini eslagan. Ularning aytishicha, u hech qachon kamera qarshisida bunday erkinlikni his qilmagan.

Foto: The Voice

Foto: The Voice

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »