Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sayyoradagi eng mashhur komik aktyorlaridan biri Jim Kerri 17-yanvar kuni 61 yoshga to‘ldi. “Qudratli Bryus”, “Niqob”, “Beg‘ubor ongning abadiy quyoshi” filmlari yulduzi bolaligidan har qanday insonni xursand qilish yo‘lini bilgan bo‘lsa-da, o‘zi ko‘pincha kulmas edi. Peopletalk nashri aktyor hayoti haqidagi eng baxtli insonlarni ham qayg‘uli holatga tushiradigan ma’lumotlarni taqdim etdi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Jim Kerri kambag‘al va katta oilada tug‘ilgan, u oilada to‘rtinchi farzand edi. Aktyorning onasi xonanda bo‘lgan, ammo u bolalarini dunyoga keltirganidan keyin uy bekasiga aylandi. Jim Kerrining otasi esa hisobchi bo‘lib ishlagan, biroq u bu ishni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va shundan keyin oila furgonga ko‘chib o‘tadi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

“16 yosh bo‘lgan paytimda biz jamiyatning eng tubiga tushib qoldik. Bola bo‘lsak-da, ishlashga majbur bo‘ldik. Biz oilaviy tozalovchilar guruhiga aylandik — hojatxona o‘rindiqlarini sochlardan tozalar edik. Men butun dunyodan nafratlanardim, hayot otamga shunday munosabatda bo‘lganidan juda xafa bo‘lganman”, — deydi keyinchalik o‘z hayoti haqida so‘zlab bergan aktyor. U oiladagi qiyinchiliklar tufayli maktabni tashlab ketishga majbur bo‘ldi: dars o‘rniga ishga bordi va shu sababli o‘rta ma’lumotni ololmadi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Jim Kerri bolaligida ham tanishlarini parodiya qilishni yoki qahramonlarni gavdalantirishni yaxshi ko‘rardi. Bir kuni aktyorning otasi unga 15 yoshida mahalliy “Yak-Yak” klubida o‘z sahna asarlarini ijro etish taklifini beradi. Bo‘lajak aktyor muvaffaqiyat o‘rniga kamsitildi va keyinchalik Jim o‘sha holat haqida: “Bu dahshatli edi. Tomoshabinlar yomon kiyingan deb o‘ylaganlarning hammasini mazax qilishdi. Ular menga bir og‘iz so‘z aytishga ham berishmadi: hushtak chalishdi, qichqirishdi, hayqirishdi va hatto meni yechintirib, xochga mixlashni talab qilishdi. Kim biladi, qochib ketmaganimda, ular buni uddalashlari mumkin edi”, — deb aytgan.

Birinchi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, komedik aktyor kelajakda yana parodiya yo‘nalishiga qaytadi va hatto bir vaqtlar uning ustidan kulishgan klubda yana chiqish qiladi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Jim Kerrining karyerasidagi birinchi yutuqli rollardan biri Eys Ventura bo‘lgan. Biroq film kassaga qadar murakkab yo‘lni bosib o‘tdi: ssenariyga homiylik qilishni xohlashmadi va Amerikadagi eng yaxshi komediyachilar suratga olish jarayonlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Natijada Jim Kerri bosh rolni o‘ynadi: u o‘z qahramonining o‘ziga xos xarakterini va soch turmagini o‘ylab topdi.

Komediyaning kassasi yuz million dollardan oshgan va aktyorning mashhurligi keskin oshgan bo‘lsa-da, tanqidchilar loyihani sovuqqonlik bilan qabul qildi va hatto yangi kashf qilingan yulduzni “Oltin malina” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatishdi. Biroq Jim Kerri hali ham “Eys Ventura: Uy hayvonlari detektivi” filmini o‘z karyerasidagi eng muhim kinokartinalardan biri deb biladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Jim Kerri dunyo bo‘ylab tomoshabinlarning muhabbati va muvaffaqiyatga erishgan bo‘lishiga qaramay, shaxsiy hayotida baxtga erisha olmadi. Aktyor birinchi sevgilisi Melissa Uomer bilan ajrashgandan so‘ng (ular sakkiz yil birga hayot kechirgan), depressiyani boshdan kechira boshladi, keyin u Loren Xolliga uylandi, biroq bu nikoh atigi o‘n oy davom etdi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Shundan so‘ng u 2012-yilda Katriona Uayt bilan munosabatlarini ma’lum qildi, juftlik bir necha oy ichida ajraldi va uch yildan keyin yana birga bo‘lishga harakat qilishdi. Bu urinish ham muvaffaqiyatli bo‘lmadi: Katrina Jim bilan oxirgi marta ajrashganidan besh kun o‘tgach o‘z joniga qasd qildi va uning sobiq turmush o‘rtog‘i va onasi aktyorni sudga berdi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Jim Kerri intervyularning birida “Oskar” mukofotini olishni orzu qilishini aytgan. “Men o‘zimning minnatdorchilik nutqim bilan kamera qarshisiga chiqmagunimcha qoniqmayman. Nima haqida gapirayotganimni tushundingizmi? ‘Oskar’ni qanday olishimni va uni olish uchun nima qilishim kerakligini bilmayman. Ha, men juda mag‘rurman”, — deb fikr bildirgan Jim Kerri mukofot haqida.

Aktyor o‘zining deyarli 50 yillik faoliyati va 68 ta filmda suratga tushishiga qaramay, jahon miqyosidagi eng nufuzli kino mukofotga nomzodlik ham qila olmadi. Jim Kerri MTV Movie Awards nominatsiyalari (22 ta) va mukofotlar (10 ta) soni bo‘yicha u rekordchi hisoblanadi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »