Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Peopletalk nashri 2022-yilda eng ko‘p haq to‘langan mashhur ro‘yxatini taqdim etdi. Xo‘sh, kuchli o‘ntalikka kimlar kirgan bo‘lishi mumkin?

10-o‘rin — Bob Dilan

Amerikalik, qo‘shiqlar muallifi Bob Dilan bir yilda 130 million dollar topib, reytingda o‘ninchi o‘rinni egalladi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

9-o‘rin — Rayan Tedder

To‘qqizinchi o‘rinni 160 million dollar ishlab topgan OneRepublic pop-rok guruhining vokalisti Rayan Tedder egalladi. U nafaqat o‘z guruhi uchun, balki Beyonse, Adel va boshqa xonandalar uchun ham qo‘shiqlar yozadi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

8-o‘rin — Tayler Perri

Amerikalik aktyor, rejissor, tadbirkor Tayler Perri 165 million dollar bilan sakkizinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

7-o‘rin — Pol Saymon

Amerikalik rok yo‘nalishida ijod qiluvchi xonanda Pol Saymon bir yilda 200 million dollar ishlab topdi. Pol Saymon o‘tgan yili u yuzlab kompozitsiyalarini Sony Music Publishing musiqiy kompaniyasiga taxminan 250 million dollarga sotgan.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

6-o‘rin — Trey Parker va Mett Stoun

“Janubiy Park” animatsion serialining mualliflari Trey Parker va Mett Stoun 210 million dollar ishlab topib oltinchi o‘rinni band qildi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

5-o‘rin — Kanye Uest 

Amerikalik reper Kanye Uest 235 million dollar bilan ro‘yxatda beshinchi o‘rinni egalladi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

4-0‘rin — Dueyn Jonson 

To‘rtinchi o‘rinni 270 million dollar ishlab topgan Gollivud yulduzi Dueyn Jonson egalladi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

3-o‘rin — Jay-Z

Uchinchi o‘rinni Tidal musiqiy servisi va Armand de Brignac ichimlik brendi aksiyalarini sotish orqali 340 million dollar ishlab topgan reper Jay-Z band qildi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

2-o‘rin — Bryus Springstin

Amerikaning The E Street Band guruhi rahbari Bryus Springstin bir yilda 435 million dollar ishlab topdi. U o‘zining qo‘shiqlari katalogini Sony Music Group’ga 500 million dollarga sotdi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

1-o‘rin — Piter Jekson

“Uzuklar hukmdori” filmining rejissori Piter Jekson 580 million dollar bilan ro‘yxatda birinchi o‘rinni egalladi. U Weta Digital vizual effektlar firmasini Unity Software’ga 1,6 milliard dollarga sotdi.

Foto: Peopletalk

Foto: Peopletalk

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »