Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning yanvarida Aleksey Navalniyning maslakdoshlari #FreeNavalniy kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Uning maqsadi siyosatchini ozod qilish uchun “butun dunyo bo‘ylab sa’y-harakatlarni” birlashtirishdan iborat. Rossiya koloniyasida saqlanayotgan siyosatchi va boshqa rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 va 21-yanvar kunlari turli mamlakatlarda mitinglar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Ukrainadagi urushga ham qarshi chiqdi. Meduza aksiyalar qanday kechgani haqida reportaj tayyorladi.

Moskva

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Moskvadagi Lesya Ukrainka haykali ostida Dneprga 14-yanvar kungi hujum qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab stixiyali tarzda paydo bo‘lgan yodgorlik yonida Katerina Varenik bir kishilik piket bilan chiqdi. Politsiya uni hibsga olgunga qadar, Varenik “Ukraina bizning dushmanimiz emas, balki birodarimiz” degan plakat bilan turdi. “OVD-Info” xabariga ko‘ra, Varenik politsiya bo‘limiga olib ketilgan, u yerda qizga qarshi armiyani “obro‘sizlantirish” va politsiyaga bo‘ysunmaslik moddalari bo‘yicha protokollar tuziladi. U 15 sutkagacha qamalishi mumkin.

Riga

Foto: “Volna/Latviya”

Foto: “Volna/Latviya”

Rigada Rossiya elchixonasidan uncha uzoq bo‘lmagan Kongresslar palatasi yaqinida rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan aksiyada bir necha o‘nlab odamlar yig‘ildi. TVNET’ning yozishicha, namoyishda “Aleksey Navalniyga ozodlik”, “Ilya Yashinga ozodlik”, “Rossiyaga ozodlik” shiorlari yangragan. Yig‘ilganlarning ba’zilari Ukrainadagi urushga ham norozilik bildirib, “Ukrainadan chiqib keting!”, “Urushga yo‘q” deb hayqirgan.

Vilnyus

Foto: Yuriy Belyat

Foto: Yuriy Belyat

Foto: Yuriy Belyat

Foto: Yuriy Belyat

Rossiyaning Vilnyusdagi elchixonasi yoniga 100 dan ortiq odam to‘plandi, deb xabar bermoqda jurnalist Aleksandr Plyushev. Sota nashrining yozishicha, mitingda “Ochiq Rossiya” jamoatchilik tashkilotining sobiq koordinatori, Rossiyada “nomaqbul tashkilot” bilan hamkorlik qilgani uchun uch yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilingan Anastasiya Shevchenko so‘zga chiqqan.

Tallin

Rossiyaning Estoniya poytaxti Tallindagi elchixonasi yaqinida o‘tkazilgan mitingga 200 ga yaqin odam to‘plandi. Miting ishtirokchilari “Rossiya ozod bo‘ladi!”, “Siyosiy mahbuslarga erkinlik!”, “Putin Gaagaga!”, “Putin – birinchi raqamli terrorchi” degan shiorlarni aytdi, deb xabar bermoqda Delfi.

Xelsinki, Imatra va Tampere

Finlyandiyaning kamida uchta shahrida rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi mitinglar o‘tkazilmoqda. Yle nashrining xabar berishicha, Xelsinkida 50 ga yaqin odam yig‘ilgan. Odamlar Ukraina bayrog‘i va oq-ko‘k-oq rangdagi bayroqlarni (Rossiyadagi urushga qarshi harakatning norasmiy ramzi), shuningdek, Ilya Yashin, Aleksey Navalniy va Belarusdagi norozilik namoyishlari yetakchilaridan biri Mariya Kolesnikovaning surati tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olgan. Ko‘pchilik urushga qarshi plakatlarni ham olib chiqqan. Tampere shahrida aksiyaga yigirmaga yaqin odam keldi. Namoyishchilar Aleksey Navalniy, Ilya Yashin va Aleksey Gorinovning nutqlarini qayta o‘qidi.

London

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Stokgolm

Shvetsiya poytaxtida namoyishchilar Kulturhuset Stadsteatern teatri binosi yonida to‘plangan. Ular o‘zlari bilan Ukraina bayroqlari va urushga qarshi oq-ko‘k bayroqlarni, shuningdek, Ukrainaning vayron bo‘lgan shaharlari nomi va fotosuratlari tushirilgan plakatlarni olib kelgan.

Berlin

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Berlinda siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun 150 ga yaqin odam yig‘ildi. Namoyishchilar “Navalniyga ozodlik!”, “Putinga qamoq!” shiorlarini aytgan. Deutsche Welle xabar berishicha, xuddi shunday aksiyalar Gamburg, Gettingen, Dyusseldorf, Frankfurt, Nyurnberg, Myunxen va Shtutgart shaharlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Myunxen

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Amsterdam

Avtozak Live nashri Niderlandiya poytaxtida to‘plangan odamlarning aniq sonini ma’lum qilmagan, ammo tegishli videoda o‘nlab namoyishchilarni ko‘rish mumkin.

Barselona

Kataloniya poytaxtida Rossiya siyosiy mahbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha namoyishlar  Xitoy Yangi yilini nishonlash vaqtiga to‘g‘ri keldi.

Tbilisi

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Gruziya poytaxtidagi mitingda rossiyalik muxolifatchilar, jumladan, “Ozod Rossiya” jamg‘armasi a’zosi Anton Mixalchuk va Navalniyning Chelyabinskdagi shtab-kvartirasi sobiq koordinatori Boris Zolotarevskiy so‘zga chiqdi. Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi miting yaqinida boshqa namoyishchilar ham paydo bo‘ldi – ular rossiyaliklarning mitingiga qarshi chiqib, ularni Kreml yaqinida yig‘ilishga chaqirdi va 2008-yilda Rossiya—Gruziya mojarosi paytida Aleksey Navalniy Gruziya haqida hurmatsizlik bilan gapirganini eslatishdi.

Yerevan

Armaniston poytaxtidagi Rossiya elchixonasi yaqinida o‘tkazilgan aksiyada 60 kishi ishtirok etdi. Taxminan bir soat davom etgan miting hech qanday hibsga olishlarsiz yakunlandi. Shu bilan birga politsiya tomoshabinlarga elchixona binosiga yaqinlashishga ruxsat bermagan.

Limasol

Aksiya Kiprning Limasol shahrida ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Rossiya Davlat Dumasining sobiq deputati Dmitriy Gudkov “Free political prisoners” plakati bilan ishtirok etdi. Unda Navalniy shtab-kvartirasining sobiq rahbari Sergey Boyko ham so‘zga chiqdi.

Sofiya

Foto: Pavel Prodan

Foto: Pavel Prodan

Foto: Pavel Prodan

Foto: Pavel Prodan

Belgrad

Serbiya poytaxti Belgradda ham rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi.

Guam oroli

AQSHning Tinch okeanida joylashgan Guam orolida rossiyalik siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash harakati o‘tkazildi. Bundan tashqari, Amerikaning ko‘plab shaharlarida, jumladan Nyu-York, Sietl, Xyuston, Boston, Filadelfiya, Mayami, Los-Anjeles va Orlando shaharlarida mitinglar bo‘lib o‘tdi.

Barnaul

Rossiya tarkibidagi Oltoy o‘lkasining ma’muriy markazi Barnaulda ham bir kishilik piket o‘tkazildi. “OVD-Info” xabariga ko‘ra, erkak qo‘lga olingan va unga nisbatan Rossiya armiyasini “obro‘sizlantirish” bo‘yicha protokol tuzilgan.

Bishkek

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Rossiyadagi siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi mahalliy politsiya tomonidan tarqatildi. Sota xabariga ko‘ra, dastlab politsiya aksiyani boshqa joyda o‘tkazishni so‘ragan, so‘ng Bishkekda xorijliklarning ommaviy tadbirlar o‘tkazishi taqiqlanganini aytib, yig‘ilganlardan (30 kishi) tarqalishni talab qilgan.

Vena

Avstriya poytaxtida siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlash mitingi chog‘ida faollar 30 metrlik bannerni yoyib chiqdi. Unda “Ozodlikning qo‘l-oyog‘ini mixlab tashlashingiz mumkin, lekin inson ruhi kishan bilmaydi!” deb yozilgan. Bu yozuv 1976-yilning avgust oyida Sankt-Peterburgdagi Petropavlovskiy qal’asi devoriga rassomlar Yuliy Ribakov va Oleg Volkov tomonidan yozib ketilgandi. SSSRdagi siyosiy aksiyalardan biri bo‘lgan ushbu harakat uchun ular mos ravishda olti va yetti yillik koloniyaga hukm qilingan. Ushbu jinoyat ishini tergov qilishda o‘sha paytda 23 yosh bo‘lgan KGB leytenanti — Vladimir Putin ham ishtirok etgan.

Foto: Meduza

Foto: Meduza

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »