Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qish mavsumida tez-tez shamollashga duch kelamiz. Siz taomnomangiz yordamida salomatligingizni mustahkamlashingiz va yalligʻlanish jarayonlarining oldini olishingiz mumkin. Masalan, qimmatbaho ziravorni har kuni isteʼmol qilishni boshlash orqali.

Nima uchun “qimmatbaho”? Chunki bugun zarchava xususida gaplashamiz! Toʻq tilla-rang bu ziravorni kuchli shifobaxsh taʼsiri tufayli baʼzan “Hindiston oltini” deb ham ataladi.

Oʻzining ona vatanida zarchava turli maqsadlarda ishlatiladi. U oziq-ovqat va ichimliklar, kosmetika va dori-darmonlarga qoʻshiladi, shuningdek, tabiiy antibiotik sifatida hisoblab, zarchava oʻz holicha isteʼmol qilinadi.

Koʻplab tadqiqotlar davomida olimlar bu ziravorning oʻtkir yalligʻlanishga qarshi taʼsirini bir necha bor isbotladilar — hatto, saraton bilan ogʻrigan bemorlarda ham. Zarchava oshqozon-ichak trakti va jigar kasalliklari va artrit xastaligi bor bemorlarning kundalik taomnomasiga qoʻshish uchun buyuriladi.

Ayniqsa, bu ziravordan ob-havo sovuq boʻlgan paytda foydalanish tavsiya etiladi. Antibiotiklar singari, u patogen bakteriyalar bilan kurashadi, immunitet hujayralarining oʻsishini ragʻbatlantiradi, odamning oʻzini yaxshi his qilishiga yordam beradi. Shu bilan birga, zarchava foydalanish uchun deyarli hech qanday qarshi koʻrsatmaga ega emas!

Zarchavaning shifobaxsh taʼsirini sezish uchun och qoringa 1 choy qoshiq ziravorni bir stakan iliq suvga qoʻshib ichish bilan birga olish tavsiya etiladi. Yoki yotishdan oldin uni maxsus ichimlik sifatida qabul qilishingiz. Masalan, asal va iliq sutga zarchava qoʻshilgan achchiqqina ichimlik dam oldiradi va tezda uyquga ketishiga yordam beradi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »