Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aylanmasini 2 mlliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Temir Sariyev 26-yanvar kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Qirgʻiziston—Oʻzbekiston biznes-forumida aytib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

U O‘zbekiston tomoni rahbariyati va ishbilarmon doiralar vakillaridan hamkorlik bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish istagi borligini eshitishdan mamnun bo‘lganini bildirib o‘tdi. Oʻzbekistonda import oʻrnini bosishga, xorijdan emas, Qirgʻizistondan mahsulotlarni olib kelishga ham qiziqish bildirilayotganini qayd etdi.

“Bugun bu masala bilan bogʻliq raqamlar ham eʼlon qilindi. Qirgʻiziston chet davlatlardan qariyb 800 million dollarlik mahsulot xarid qiladi. Xuddi shunday mahsulotlar Oʻzbekistonda ham ishlab chiqariladi. Bu masala hal etilsa, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi. Shu bois bugungi biznes-forumda aytilganidek, bizning strategik vazifamiz — kooperatsiya va yaqin hamkorlikning yangi darajasiga koʻtarilishdir”, — deydi Temir Sariyev.

Uning ta’kidlashicha, bu har ikki mamlakatlarda farovonlik oshishiga, o‘zaro munosabatlar yana yaxshilanishiga, birodar xalqlar hamjihatlikda yashashiga olib keladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Temir Sariyev Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Biznes ushbu loyiha amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu XXI asrning eng yirik loyihalaridan biri bo‘ladi deb o‘ylayman. Ushbu loyiha O‘zbekistonga ham kerak. Asosiysi, Qirg‘iziston ham, O‘zbekiston ham tranzit mamlakatlarga aylana oladi. Ular dengiz portlariga ham chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa G‘arb bilan Sharqni, Janub bilan Shimolni yanada bog‘laydi”, — deydi u.

Uning aytishicha, ushbu temiryo‘l qurilishi bo‘yicha birinchi texnik-iqtisodiy asos joriy yilning o‘rtalarida tayyor bo‘lishi kutilmoqda, qurilish ishlariga esa  2023-yil oxiri yoki 2024-yil boshlarida start berilishi kutilmoqda.

“Temiryo‘l qurilsa, bizning iqtisodiy, savdo-sotiq, logistika va transport imkoniyatlarimiz bir necha barobar oshadi, shuningdek, mamlakatlarimizga tranzit tashish orqali daromad olish imkoniyatini beradi”, — deydi Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »