Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hind kinosining ko‘plab muxlislari Katrina Kaif va Shridevi Bollivuddagi karyeralarining boshida hind tilini bilmagani haqida ma’lumotga ega, shuning uchun ularga dublyajda boshqalar ovoz bergan. Biroq hatto taniqli aktrisalar ham filmlardagi rollarini o‘z ovozi bilan ijro etmagan. Ular o‘z rollari uchun e’tirof, shon-shuhrat va hatto nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi, obrazning o‘ziga xos ovozi esa qahramonlarga boshqa aktrisalar tomonidan berilgan.

Foto: Bollywoodtime 

Aktrisalar ekranlarga chiqdi, biroq o‘ziga xos ovoz egalari sahna ortida qoldi. Diksiya, talaffuz, urg‘u va oddiy ovoz ohangi bilan bog‘liq muammolar tez-tez uchraydigan holat hisoblanadi. Bunday hollarda rejissorlarning dublyajga murojaat qilishdan boshqa iloji qolmaydi.

Foto: Bollywoodtime 

Shridevi Bollivuddagi ilk 10 yillik faoliyati davomida filmlarda o‘z ovozi bilan gapirmagan. Unga ko‘pincha aktrisa Naaz Kumari ovoz bergan.

Foto: Bollywoodtime 

1986-yilda suratga olingan “Jinoyat uchun to‘lov” filmida Shridevining qahramonini Rekha dublyaj qildi. Shridevi ilk marta 1989-yilda suratga olingan “Chandni” filmiga o‘zi ovoz bergan.

Foto: Bollywoodtime

Katrina Kaif ham hind tilidagi dialoglarini gapira olishdan oldin uzoq yo‘lni bosib o‘tdi. Avvaliga bir qator gapni ham bilishga qiynalgan aktrisa keyinchalik tilni yaxshi o‘rganishga va o‘z qahramonlari ustida mustaqil ishlashga qaror qildi. Yirik loyihalardagi karyerasining boshida unga dublyaj aktrisasi Mona Ghosh Shetti ovoz bergan.

Foto: Bollywoodtime 

“Otasining izidan”, “Men qanday qilib sevib qoldim”, “Sevgini oldindan aytish”, “Hamkor”, “Katta muammo” – ushbu filmlarda Katrina Kaifga Mona, keyingi loyihalarda, masalan, 2017-yilda taqdim etilgan “Detektiv Jagg” kinokartinasida ham aktrisaga Ket ovoz bergan. Tomoshabinlar aktrisaning og‘zini qanday qimirlatganini va o‘z ovozi bilan gapirmaganligini ko‘rib juda hayron qolgan.

Foto: Bollywoodtime 

Rejissor Anurag Basu bu holatga: “Shunchaki, Katrina qanchalik urinmasin, ba’zi dialoglarni to‘g‘ri tushuna olmadi. Filmda juda tez so‘z o‘yini bor va u buni uddalay olmadi. Aktrisani qiynamaslik va yaxshi natijaga erishish uchun men boshqa ovozdan foydalanishga qaror qildim”, — deb munosabat bildirgan.

Foto: Bollywoodtime 

Mona Ghosh Shetti yana bir Bollivud aktrisasi Bipasha Basuning “Sir” va “Istakning qorong‘u tomoni” filmlardagi qahramonlariga ham ovoz berdi. Bipasha o‘zining debyut filmi “Hikmatli notanish”da ham o‘z ovozi bilan gapirmagan.

Foto: Bollywoodtime 

U filmdagi roli uchun “Eng yaxshi ayol debyuti” nominatsiyasida nufuzli Filmfare mukofotini oldi, biroq uning qahramoniga kinokartinada kim ovoz bergani noma’lum. Uning ismi hatto titrlarda ham tilga olinmagan.

Foto: Bollywoodtime 

“Om Shanti Om” filmi Filmfare mukofotini qo‘lga kiritgan va bir kechada yulduzga aylangan Dipika Padukonega filmda Mona Ghosh ovoz bergan.

Foto: Bollywoodtime 

Farah Xon Dipikani qayta ovoz berish jarayoniga qo‘yish kerak, deb qaror qildi, chunki u qahramoniga mos kelmaydigan urg‘uga ega edi. Dipika mashhurlik va e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Foto: Bollywoodtime 

Mona Ghosh hattoki Rani Mukerjiga ham ovoz bergan. Rani o‘zining betakror ovozidagi xirillashi bilan mashhur bo‘lgan Bollivud aktrisalaridan biri hisoblanadi.

Foto: Bollywoodtime

Uning aktyorlik ovozi bilan bog‘liq muammolari yo‘qdek tuyuladi, biroq bari bir 1998-yilda suratga olingan “Bo‘ysunmagan taqdir” filmidagi obrazini dublyaj qilish  kerak edi. Vikram Bhatt Rani aktrisaning ovozi uning ekrandagi qahramoniga umuman to‘g‘ri kelmasligini his qildi va unga boshqa aktrisaning ovozini “berdi”.

Foto: Bollywoodtime 

Ranining amakivachchasi Kajol ham bir vaqtlar Monaga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. “Manyak” filmi ustida ishlayotganda Kajol bor ovozi bilan baqirishi kerak edi. Suratga olish jarayonlarining ertasi kuni ertalab uning ovozi bo‘g‘ilib qoldi. Puja Bhatt aktrisaning ovozini professional ovoz bilan almashtirgan ma’qul deb o‘yladi.

Foto: Bollywoodtime 

Nargis Faxri ham Katrina Kaif singari hind tilida so‘zlashishda jiddiy qiynalgan, shuning uchun uning “Rok yulduzi” filmidagi qahramoni ham g‘alati ovozda gapiradi.

Foto: Bollywoodtime 

Jaklin Fernandes shri-lankalik go‘zal aktrisa bo‘lib, u Bollivudda katta muvaffaqiyatlarga erishdi, biroq yaqinda hind tilida muloqot qilishni yetarli darajada o‘rganib oldi. Uning deyarli barcha rollari boshqa aktrisalar tomonidan dublyaj qilingan.

Foto: Bollywoodtime 

Priti Zintaning “Soldat” filmidagi qahramoniga boshqa dublyaj aktrisasi ovoz bergan. “Ertaga keladi yoki yo‘q” filmida Mona Ghosh Shetti Pritiga moslashishga harakat qilib, ba’zi joylarda uning obraziga ovoz berdi. Buning sababi, Priti ba’zi joylarda his-tuyg‘ularni to‘g‘ri yetkaza olmadi.

Foto: Bollywoodtime 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »