Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bu yil qish mavsumi misli ko‘rilmagan darajada qattiq keldi. Ko‘p qor yog‘ishi va havoning sovib ketishi natijasida uylarda isitish tizimlari hatto ishdan chiqdi. “Noviy ochag” nashri sovuq ob-havoda uyda qanday qillib sovuq qotmaslik va isinishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Matras jildidan foydalaning

Matras uchun mo‘ljallangan jild ortopedik to‘shakka qaraganda arzonroq turadi, lekin foydali tomonlari ko‘p. Bonus sifatida bu material tana issiqligini juda yaxshi saqlaydi. Qo‘shimcha issiqlik uchun jun qatlamli to‘shakni tanlang. Asosiy vazifa haqida unutmang, matrasni toza tutish orqali uning ishlash muddatini uzaytirish mumkin.

Qo‘shimcha yopinchiq qo‘shing

Yevropaliklar uzoq vaqtdan beri oddiy yopinchiqlardan foydalanadi. Bu qalin paxtadan qilingan choyshab bo‘lib, uni kamroq yuvish uchun ko‘rpa-to‘shak ostida qo‘shimcha qatlam sifatida ishlatiladi. Issiq va katta hajmli qishki odeyaldan ko‘ra qo‘shimcha yopinchiq qatlami tana va xona o‘rtasidagi havo bo‘shlig‘i tufayli badanni issiqroq qiladi.

Qalin pardalar osib qo‘ying

Qalin qora pardalar yorug‘likni to‘sib qoladi, bu uyqu sifatini yaxshilaydi. Ular sovuq o‘tishiga yo'l qo‘ymaydi, bu ayniqsa, yog‘och romlar uchun juda ham muhimdir. Xonani isitish uchun birinchi o‘rinda yozgi pardalarni qalinlariga almashtirish tavsiya etiladi.

Choyshablarni flanelga o‘zgartiring

Flanel — eng issiq materiallaridan biridir. Bundan tashqari, u yumshoq bo‘lib, ko‘pincha chaqaloq yopinchiqlari uchun qo‘llaniladi. Ammo uyda kuchuk va mushuklar bo‘lsa, flanel mato ostiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ularning yungi matoga yopishib qoladi.

Kashmir paypoqlar kiying

Kashmir oddiy junga qaraganda uch barobar ko‘proq issiqlikni saqlaydi. Bundan tashqari, u boshqa barcha turdagi junlarga qaraganda yumshoq. Oyoqlarni issiq ushlab turish uchun kashmir paypoq eng yaxshi variant.

Yotishdan oldin issiq ichimliklar iching

Agar oshqozon issiq bo‘lsa, keyingina tana isishi mumkin. Eng muhimi, ichimliklar kofein va shakarsiz bo‘lishi lozim. Yalpiz, moychechak yoki lavandali ichimliklar bu borada mos keladi. Yoki shunchaki issiq sut ichish tavsiya etiladi. Uxlashdan oldin isinishning yana bir usuli — vanna qabul qilish. Asosiysi tezda tungi issiq kiyimlarni kiyib olish zarur.

Sham va sopol idishlardan foydalaning

Isitkichga qo‘shimcha ravishda tunda sham va sopol idishlardan foydalanish mumkin. Shamni aynan sopol idishlarda yoqib qo‘yish o‘zidan issiqlik taratishga yordam beradi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »