Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunida ikki mamlakat yetakchilari hamda hukumat vakillari oʻrtasida hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, davlat rahbarlari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisida deklaratsiya” imzolandi.

Shuningdek, ikki mamlakat prezidentlari huzurida 24 ta hujjat almashildi. Jumladan:

  • “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnomaning ratifikatsiya yorliqlarini almashish toʻgʻrisida bayonnoma”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish toʻgʻrisida bitim”;
  • “2006-yil 3-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi hukumati oʻrtasida fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida Qirgʻiziston Respublikasida avtomobil va tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “2017-yil 6-sentabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirgʻiziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlarining vakolatli vakillari kengashini tashkil etish toʻgʻrisida anglashuv memorandumiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma”;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • “Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻrtasida strategik savdo-iqtisodiy sheriklik toʻgʻrisida 2023—2025-yillarga moʻljallangan dastur”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati oʻrtasida oʻzaro savdoda bojxona statistikasi maʼlumotlarini almashishda hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida bayonnoma”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati oʻrtasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan shubhali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni oldini olish, aniqlash va toʻxtatish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bayonnoma”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Energetika vazirligi oʻrtasida energetika sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Energetika vazirligi oʻrtasida koʻmir sanoatida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Energetika vazirligi oʻrtasida Chotqol GES kaskadi qurilishi boʻyicha anglashuv memorandumi”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiyot va tijorat vazirligi oʻrtasida sanoatning ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti huzuridagi Investiyalar milliy agentligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk va innvatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻizston Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yillgini keng nishonlash boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasi”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimiyati bilan Qirgʻiziston Respublikasi prezidentining Issiqkoʻl viloyatidagi vakolatli vakili apparati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida bitim”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati oʻrtasida hamkorlikning kengaytirish 2023—2025-yillarga moʻlajallangan kompleks dastur (“Yoʻl xaritasi”)”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyati administratsiyasi oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023—2025-yillarga moʻljallangan kompleks dastur (“Yoʻl xaritasi”)”;
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023—2025-yillarga moʻlajallangan kompleks dastur (“Yoʻl xaritasi”)”;
  • “Oʻzbekiston Respublikasi Jizzax viloyati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyati administratsiyasi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha 2023—2025-yillarga moʻlajallangan kompleks dastur (“Yoʻl xaritasi”)”;
  • “ “Oʻzeltexsanoat” AJ bilan Qirgʻiziston Respublikasi Energetika vazirligi oʻrtasida anglashuv memorandumi”;
  • “ “Bahodir Logʻon Tekstil” MCHJ bilan Qirgʻiziston Respublikasi prezidentining Norin viloyatidagi vakolatli vakili apparati oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »