Qozog‘istonda 3 yashar bola to‘rtta igna va “zamok” bosh qismini yutib yubordi (foto)
Qozog‘istonlik shifokorlar sakkiz kun ichida to‘rtta igna yutib yuborgan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Liter.kz xabar berdi.
Bolaning onasi holat yuzasidan kasalxonaga murojaat qilgan, u shifokorlarga o‘g‘li tasodifan kiyimidagi “zamok”ning bosh qismini yutib yuborganini aytgan. Shifokorlar bolaning ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ini rentgen qilgan va uning oshqozonida “zamok”ning bir qismini va uchta tikuv ignasini aniqlagan.
Bola kasalxonaning jarrohlik bo‘limiga o‘tkazilgan, u yerda ignalar olib tashlangan.
“3 yashar bolani kuzatish davom etgan. Qorin bo‘shlig‘ining tos suyagi proyeksiyasida to‘rtinchi igna topilgan. Kolonoskopiya o‘tkazilgan va oxirgi igna ichakdan olib tashlangan”, — deydi jarrohlar.
Ta’kidlanishicha, jarrohlik amaliyoti narkoz ostida o‘tgan, bola sakkiz kun ichida to‘rtta ignani yutib yuborgani aniqlangan. Bir qator jarrohlik aralashuvlardan so‘ng bolaning ahvoli tezda barqarorlashgan va u ambulator davolanishga yuborilgan.
Mavzuga doir:
- Gruziyada ayol operatsiyadan keyin qornida qolib ketgan qaychi bilan 3 oy yurdi
- Vyetnamda shifokorlar mijozning qornidan 18 yil muqaddam unutib qoldirilgan qaychini chiqarib oldi
- To‘qqiz yil oshqozonida qaychi bilan yashagan bosniyalik jarrohlarni sudga berdi