Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doiradagi muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, qator vazirlik va viloyatlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev oʻzaro manfaatli hamkorlikning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini qayd etdi.

Bu, birinchi navbatda, oʻzaro savdo hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirishdir. Shu maqsadda tomonlar uchinchi mamlakatlardan import oʻrnini oʻz ishlab chiqaruvchilarimizning arzon mahsulotlari bilan toʻldirish, shuningdek, ikki mamlakat poytaxtlarida savdo markazlarini tashkil etish masalalarini oʻrganishga kelishib oldi.

Sanoat kooperatsiyasi doirasida qariyb 500 million dollarlik yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish taklif qilindi. Avtomobillar, zamonaviy maishiy texnika, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni birgalikda qazib olish va qayta ishlash shular jumlasidan.

O‘zbekiston prezidenti oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash doirasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashni hamkorlikning muhim yoʻnalishi sifatida qayd etdi.

Intensiv bogʻlar va issiqxona xoʻjaliklarini rivojlantirish, kartoshka, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va boshqa qoʻshma loyihalarni ishga tushirishga qaratilgan agrokooperatsiya dasturini amalga oshirish shu maqsadlarga xizmat qiladi.

Davlat rahbari, ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi sheriklik va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

Transport va logistika sohasidagi hamkorlik strategik ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Xitoy—Qirgʻiziston—Oʻzbekiston temir yoʻlini qurish boʻyicha ishlarni faollashtirish, Andijon—Oʻsh—Irkishtom avtomobil yoʻlining salohiyatini toʻliq ishga solish, shu maqsadda qoʻshma transport-logistika kompaniyasini tashkil etishga kelishib olindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralarda energetika sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Gidroenergetikadagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan Qambarota GES-1 qurilishi borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini koʻrsatib oʻtdi. Tarixi va dini, tili va madaniyati mushtarak boʻlgan xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan qator aniq tashabbuslar ilgari surildi.

Xususan, qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning 95 yilligini keng nishonlash, Oʻshda Bobur nomidagi Oʻzbek musiqali drama teatrining ochilishida birgalikda spektakl namoyish etish, ziyolilar va yoshlarni faol jalb qilgan holda yangi format – Avlodlar muloqotini tashkil etish, talabalar spartakiadasi, qoʻshma festival va konsertlar, ijodiy tadbirlarini oʻtkazish taklif qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »