Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida agar u prezident bo‘lsa, Ukrainadagi urushni atigi bir kunda tugatish bo‘yicha muzokara olib borishi mumkinligini aytdi. Kreml rasmiysi esa buni tasdiqladi.

Foto: Bloomberg

 

“Agar men prezident boʻlganimda, Rossiya-Ukraina urushi hech qachon yuz bermagan boʻlardi, lekin hozir ham prezident bo‘lganimda, 24 soat ichida bu dahshatli urushni tugatish bo‘yicha muzokaraga erishardim”, — dedi u.

Trampning bayonotiga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov munosabat bildirdi. U Trampning Ukrainadagi mojaroni bir kunda tugatish imkoniyati haqidagi fikri haqiqatdan uzoq emasligini aytdi. Peskov Amerikaning hozirgi prezidentida bunday imkoniyat borligi, lekin u Ukrainaga qurol yetkazib berishni tanlaganini ta’kidladi.

“Buning uchun Vashingtondan Kiyev rejimiga tegishli ko‘rsatma boʻlsa bo‘ldi, urushni tugatish mumkin. Albatta, bir yoki ikki kun ichida emas. Ammo Kiyev rejimining kaliti asosan Vashington qo‘lida. Biroq, hozirda Oq uyning amaldagi rahbari bu kalitdan foydalanishni istamasligini ko‘rmoqdamiz”, — dedi Peskov.

Ma’lumot uchun AQSH Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib berishga rozi bo‘ldi. Kreml Kiyevga tanklar yetkazib beradigan davlatlar urushga bevosita aralashayotganini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »