Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Shok.uz” YouTube kanali muxbirlari aktrisa Feruza Normatova bilan uning uyida intervyu tashkillashtirdi. Aktrisa suhbat davomida 1 mln 200 nafar kuzatuvchisi bo‘lgan Instagram sahifasi unga qancha daromad keltirishi haqida ham so‘zlab berdi. 



“2021-yilda yangi turar joy majmualari quradigan kompaniya bilan reklama bo‘yicha shartnoma tuzganman. Shartnoma olti oy muddatga tuzilgan edi. Shunda biz o‘zaro olti oy men ularni reklama qilishga, ular esa xizmat haqqimga uyning yarim pulini olmaslikka kelishdik. Olti oylik reklama xizmati 20 ming dollarga baholandi. Men ikki xonali uy uchun 22 ming dollar pul to‘ladim, uy menga 42 ming dollarga tushdi”, — deydi aktrisa. 

Shuningdek, Feruza ushbu kompaniya bilan yana bir yillik shartnoma tuzib, ota-onasiga ham xonadon sovg‘a qilganini ham aytib o‘tdi.

“Kompaniyaga sahifamda e’lon qilingan reklama yoqdi va ular keyinchalik yana bir yillik shartnoma tuzishni taklif qildi. Bu safar reklama evaziga yana bitta xonadon olib, ota-onamga sovg‘a qildim”, — deydi Feruza Normatova.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »