Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litva Tashqi ishlar vazirligi rahbari Gabrielyus Landsbergis Rossiya elchilarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qolishini be’manilik, deb hisoblashini aytdi.

Foto: ELTA

“Yevropaning birorta poytaxtida elchi, Rossiya elchisining bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Aksariyat hollarda, bu endi diplomatik muassasa emas, balki urush jinoyatlarini yashiradigan va umuman genotsid dasturini targ‘ib qiluvchi propaganda muassasasi bo‘lib xizmat qilmoqda”, — deya Landsbergisning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Delfi nashri.

Vazir Litva 2022-yilning bahorida Buchada tinch aholining o‘ldirilishiga javoban Rossiya elchisini chiqarib yuborgani, yanvarda esa Estoniya va Latviya Rossiya elchilarini chiqarib yuborishini e’lon qilgani haqida eslatdi.

“Ukrainada bo‘layotgan voqealarni ko‘rgan boshqa davlatlar ham bu to‘g‘ri yo‘l ekaniga ishonch hosil qilishiga shubha qilmayman”, — dedi Landsbergis. Shu bilan birga, u ushbu mavzu bo‘yicha turli qarashlar mavjudligini ta’kidlagan.

Yanvar oyi oxirida Rossiya Estoniya bilan diplomatik munosabatlar darajasi pasayganini e’lon qilib, mamlakat elchisidan Moskvani tark etishni talab qilgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tallinni “rusofobiya va Rossiyaga nisbatan dushmanlik siyosatida” bo‘lishda aybladi. Estoniya Tashqi ishlar vazirligi bunga javoban Rossiya elchisining chiqarib yuborilishini e’lon qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining bayonotidan bir necha soat o‘tgach, Latviya ham xuddi shunday tarzda “Estoniya bilan birdamlikda” va “Rossiyaning Ukrainaga qarshi shafqatsiz tajovuzkorligi sabab” Rossiya bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirayotganini e’lon qildi. Moskva va Riga o‘zaro elchilarni chiqarib yuborish haqida eʼlon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »