Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pixar kompaniyasi fevral oyida “Uchar uy” multfilmining qisqa metrajli spin-offini chiqaradi. Bu haqda kinostudiyaga egalik qiluvchi Disney kompaniyasi xabar bermoqda.

Foto: “Pravila jizni”

Spin-off “Uchar uy” multfilmidagi Dag ismli gapiruvchi it haqida qisqa metrajli serial tarkibiga kiradi. Hikoyada beva qolgan Karl o‘zi istamagan holda yangi qiz do‘sti bilan uchrashishga rozi bo‘ladi, biroq uchrashuvda o‘zini qanday tutishi kerakligini bilmaydi. Dag nafaqada bo‘lgan qariyani tinchlantirishga harakat qiladi va unga maslahat beradi.

Multfilmning asl talqinida Karl baxtli hayot kechiradi, ammo uning rafiqasi Elli vafot etgani aytiladi. Qariya unga bergan va’dasini bajarish uchun uyiga minglab sharlarni bog‘lab, Janubiy Amerikaning yovvoyi tabiati qo‘yniga uchib ketishga qaror qiladi. Biroq, parvoz paytida u tasodifan sakkiz yoshli qo‘shnisi Rassellni o‘zi bilan olib ketganini bilib qoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »