Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda kuchli yog‘ingarchilik sababli Turkiston, Kentau shahri va Turkiston viloyatini suv bosdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, ko‘chalarni suv bosishi tog‘li hududlarda yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik va kuchli qor erishi natijasida suv sathining ko‘tarilishi, so‘ngra yonbag‘irdan toshishi oqibatida yuzaga kelgan. Suv toshqinlariga qarshi kurashga Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ham jalb qilingan.

Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Qurolli Kuchlar tizimidagi 44859-sonli harbiy qismning 100 nafar askari, 7-o‘t o‘chirish bo‘linmasi shaxsiy tarkibi, “Yashil ariq” mutaxassislari, yoshlar resurs markazi ko‘ngillilari bu ishga jalb qilingan. Navbatchi postlarda daryo oqimi va suv sathi nazorat qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, qor erishi va yog‘ingarchilik eng katta tabiiy Kabilsay kanalining toshib ketishiga olib kelgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv bo‘linmalari tuni bilan toshqinning oldini olishga harakat qilgan. Qutqaruvchilari tomonidan 204 nafar fuqaro va 201 bosh qoramollar evakuatsiya qilingan.

Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati
Foto: Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »