Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2022-yilda kriptoinvestorlar xakerlik hujumlari tufayli rekord miqdorda 3,8 milliard dollar yo‘qotdi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 3,3 milliard dollar bo‘lgan. Bu haqda Chainalysis blokcheyn tahliliy platformasiga tayanib Forbes xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Yil davomida mablag‘larning katta qismi oktabr oyida o‘g‘irlangan — 32 ta hujum natijasida xakerlar 775,7 million dollarni qo‘lga kiritgan.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya bilan bog‘langan Lazarus guruhining xakerlari 2022-yilda eng ko‘p buzg‘unchilikni amalga oshirgan — bir nechta hujumlarda taxminan 1,7 milliard dollar o‘g‘irlagan.

Taqqoslash uchun, tahlilchilar KXDRning 2020-yildagi jami eksportini 142 million dollar deb baholagan.

“Kriptovalyutalar xakerligi mamlakat iqtisodiyotining muhim qismidir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi”, — deya xulosa qilmoqda Chainalysis blokcheyn tahlilchilari.

Hisobotga ko‘ra, markazlashmagan moliyaviy protokollar (DeFi) eng ko‘p hujumlarni (82 foiz) tashkil etgan — ushbu buzg‘unchiliklar tufayli xakerlar 2022-yilda o‘g‘irlangan mablag‘larning 3,1 milliard dollarini olgan.

Chainalysis ta’kidlashicha, DeFi protokollari 2021-yilda xakerlar uchun asosiy maqsad bo‘lgan. 

“Agar ko‘prik yetarlicha katta bo‘lsa, aqlli shartnoma kodidagi har qanday xato yoki boshqa mumkin bo‘lgan zaiflik deyarli aniq topilib, xakerlar tomonidan foydalaniladi”, — deyiladi hisobotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »