Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Koʻpchiligimiz kun davomida ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib, yangiliklardan xabardor boʻlib, faol ravishda virtual muloqotni olib borishni odat tusiga aylantirib ulgurdik. Doimiy tarzda uyqudan avval kamida yarim yoki bir soat vaqtimizni telefonga sarflaymiz. Shifokorlar tungi vaqtda gadjetlardan foydalanishning zararlari haqida ogohlantiradi.

Uyquga yotishdan oldin telefonda “oʻtirish” vasvasasiga qarshi tura olmayapsizmi? U holda gadjetlar salomatligimizga yetkazadigan zararlar haqida bilib olishingiz zarur. Quyida birgina gadjetlar tufayli sogʻligimizda sodir boʻladigan oʻzgarishlar haqida aytib oʻtamiz, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Koʻzga zarar

Foto: “Noviy ochag”

Tungi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda kezib yurishni xush koʻruvchilarda “koʻzlari oldida tuman”, “koʻrishning xiralashishi” kabi holatlar kuzatilishini qayd etadilar. Bu alomatlar haddan tashqari koʻz faoliyatining kuchayishi va koʻz akkomodatsiyasi spazmi tufayli sodir boʻladi. Ekranga yaʼni, bir nuqtaga muntazam qarab turish koʻrish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Gadjetlarga uzoq vaqt davomida termilish oqibatida yaqin va uzoq masofalardagi narsalarni idrok etish qobiliyatini vaqtincha yoʻqoladi, koʻz qorachiqlari kattalashib, koʻzlarning xira koʻrishiga olib keladi.

Koʻzlarimiz hamisha yorqin va yaxshi koʻrishini istasak, iloji boricha ekran yorqinligini pasaytirib, telefonlardan kamroq foydalanish lozim.

Uyqu buzilishi

 

Zangori ekranlarning xavfi haqida eshitganmisiz? Zangori rangning tabiatdagi asosiy manbai quyosh boʻlsa, kundalik hayotimizda esa elektron gadjetlardir. Gadjetlar ekranidagi zangori rang melatonin (gipofiz bezidan ajraladi) garmonining ishlab chiqarishini ragʻbatlantiradi. Bu garmon buzilishi hissiy holatimizga salbiy taʼsir qiladi, tabiiy bioritmlarning buzilishiga sabab boʻladi, deb taʼkidlaydi kosmetolog Yelena Fillipova. Deyarli har tunda gadjetlardan foydalanish tufayli garmonlar faoliyati buziladi, uxlash qiyinlashadi, uyqu vaqtida bezovtalik kuzatiladi, miya dam olmaydi. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, uyqu buzilgach, kayfiyat yomonlashib, ishchanlik qobiliyati yoʻqoladi.

Boʻyinda ogʻriq

 

Allaqachon boʻyin ogʻrigʻidan shikoyat qilayotgan boʻlsangiz, uxlashdan oldin telefondan foydalanishingiz mavjud ogʻriqni yanada kuchaytiradi. Gadjetlar ekraniga qarash uchun boshlarimiz oldinga egilganida, boʻyin mushaklari kuchlanadi va bu ogʻriqqa sabab boʻldi.

Telefonda “oʻtirish” vasvasasidan voz kecha olmasak, telefonlarni koʻzlarga mos darajada ushlashga harakat qilishimiz kerak.

Terining tez qarishi

Foto: “Noviy ochag”

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, teri qatlami ham gadjetlardan nihoyatda ko‘p aziyat chekadi. Yuz mushaklarining bosim bilan ishlashi tufayli yoshga bogʻliq oʻzgarishlar yaqqol namoyon boʻladi: boshning doimiy egilishi boʻyinda keraksiz ajin va burmalar paydo boʻlishiga olib keladi. Qimmatbaho kosmetikalar yordamida yuz terisini parvarish qilish uchun garchand anchagina pul sarflaganimiz bilan bittagina zararli odat tufayli barcha urinishlarimiz behuda ketishi hech gap emas.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »