Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilning 6-fevralida Turkiyada kuchli zilzila sodir bo‘lib, hozirgacha salkam 1 500 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanmoqda. Zakon.kz insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng halokatli 10 ta zilzila haqida ma’lumot berdi.

Foto: Reuters

2023-yil Turkiyadagi zilzila

Turkiyaning janubi-sharqida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilzila mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi, 45 ta davlat yordam taklif qildi. Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mazkur zilzila 1939-yildan beri eng kuchli yer silkinishi hisoblanadi. Mamlakat aholisi zilzilalarni mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da sezgan, zilzila o‘chog‘i Gaziantep shahri bo‘lgan. Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 40 dan ortiq yerosti silkinishlari qayd etilgan.

Kuchli silkinishlar Suriya chegaralariga ham yetib borgan. U yerda zilzila qurbonlari soni 400 kishidan oshgan. Aleppo, Latakiya, Xama va Tartus aholisi ham zilzila qurboniga aylangan.

Kuchli silkinishlar Livan, Iordaniya, Isroil, Gruziya, Armaniston, Afg‘oniston, Iroq va Qozog‘istonda ham qayd etilgan.

2011-yil Yaponiyadagi Xons orolining sharqiy qirg‘og‘idagi zilzila

Bu Yaponiya tarixidagi eng kuchli zilzila hisoblanadi. U Yaponiya sohilidagi eng yaqin nuqtadan taxminan 70 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Zilziladan 69 daqiqa o‘tgach, sunami yuz berib, Senday aeroportini suv bosgan.

Foto: britannica.com

Yaponiyadagi zilzila va sunami qurbonlarining rasmiy soni 15 892 kishini tashkil qiladi. Yaponiyadagi zilziladan yetkazilgan zarar 16-25 trillion iyen (198-309 milliard dollar)ga baholangan.

2010-yil Gaitidagi zilzila

Mamlakatda 7 magnitudali asosiy silkinishdan so‘ng 15 ta 5 balli yer qimirlashi kuzatilgan. 2010-yil 18 martdagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 222 570 kishini tashkil etgan, 311 000 kishi jarohatlangan. Moddiy zarar 5,6 milliard yevroga baholanmoqda.

Foto: britannica.com

2004-yil Hind okeanidagi zilzila

2004-yil 26 dekabrda Hind okeanidagi Sumatra oroli yaqinida zilzila yuz berdi. Suvosti zilzilasining magnitudasi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 9,1 dan 9,3 gacha bo‘lgan va kuchli sunamiga sabab bo‘lgan.

Foto: World Atlas

Natijada Janubiy Afrikadagi Port-Elizabet shahri aholisi jabrlangan. Turli manbalarga ko‘ra, 300 mingga yaqin odam tabiiy hodisa qurboni bo‘lgan.

1988-yil Armanistonning Spitak shahridagi zilzila

1988 yil 7-dekabrda Sovet Ittifoqi tarixidagi eng dahshatli zilzila Armaniston SSR shimoli-g‘arbida Spitak shahrida sodir bo‘lib, hodisada 25 ming kishi halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 140 mingga yaqin odam nogiron bo‘lib qolgan, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan.

Foto: Eurasia.net

Yer silkinishlari magnitudasi 6,8 ballni tashkil qilgan. Spitak va boshqa 58 yaqin tuman vayron bo‘lgan. Favqulodda vaziyat natijasida jami zarar taxminan 10 milliard sovet rublini tashkil etgan.

1976-yil Xitoyning Tanshan shahar okrugidagi zilzila

Zilzila 28-iyul kuni Pekindan 160 km uzoqlikda sodir bo‘lgan, silkinishlar magnitudasi 8,2 ni tashkil qilgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 255 ming kishiga yetgan. Boshqa manbalar deyarli 655 ming kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Foto: Hugpages

1970-yil: Peruning Chimbote shahridagi zilzila

1970 yil 31 mayda Tinch okeanida 60 km dan ortiq chuqurlikda 7,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari Peruning ayrim shaharlarida ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Aholining 70 foizga yaqini vayronalar ostida qolgan.

Foto: BBC

Faqat 300 nafar aholi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. Tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar 260 million dollardan oshgan.

1960-yil Chilidagi zilzila

Zilzila 22-may kuni sodir bo‘lgan, xalq orasida Buyuk Chili zilzilasi deb ataladi. O‘shanda silkinishlar magnitudasi 9,5 ni tashkil etgan. Zilzila sunamini keltirib chiqargan, uning to‘lqinlari balandligi 10 metrga yetgan.

Foto: National Geographic Society

1 655 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, 3 mingga yaqin kishi jarohat olgan, yana 2 million kishi boshpanasiz qolgan, yetkazilgan zarar yarim milliard dollarni tashkil etgan.

1939-yil Turkiyaning Erzinjan shahridagi zilzila

27-dekabr kuni 7,8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Bu zilzila hozirgacha kuzatilgan eng kuchlisi hisoblanadi. O‘shanda 33 mingga yaqin odam vafot etgan. Zilzila episentri Erzinjan shahri yaqinida joylashgan. Yer silkinishi 52 soniyadan sal kamroq davom etgan.

Foto: Railly News

1948-yil Turkmaniston SSR, Ashxobodda zilzila

5-oktabr kuni 7,3 magnitudali dahshatli zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi yaqin atrofdagi qishloqlarga jiddiy zarar yetkazdi, qo‘shni Eronning Derregez qishlog‘iga ham ta’sir qilgan. Tabiiy ofatdan 110 ming kishi vafot etdi.

Foto: “AKIpress

Birinchi silkinish tunda sodir bo‘ldi, 10 soniya ichida shahar deyarli vayron bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatlaridan so‘ng shahar tozalandi, qurbonlarning ko‘pchiligi qo‘shni Ozarbayjon va O‘zbekistonga jo‘natildi.

1923-yil Yaponiyaning Kanto hududidagi zilzila

Kanto hududida 1-sentabr kuni zilzila yuz berdi, uning magnitudasi 8,3 ga yetdi. Tokio va Yokogama deyarli butunlay vayron bo‘ldi.

Foto: The Atlantic

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 174 ming kishini tashkil qiladi. Taxminan 542 ming kishi bedarak yo‘qolgan. Qurbonlar soni qariyb 4 million kishiga yetdi. 694 000 ta uy va boshqa binolardan taxminan 381 000 ta bino to‘liq yoki qisman vayron bo‘ldi.

Izoh

Узганбой Тошходжаев

07.02.2023, 07:30

Тошкент зилзиласичи,этиборга дойик эмасми???

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »