Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil kuchlari Gʻarbiy Sohildagi Nablus shahridagi reyd chogʻida 17 yoshli falastinlik oʻsmirni oʻldirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 6-fevral kuni Isroil kuchlari tomonidan besh nafar falastinlik otib o‘ldirgan, 7-fevralda esa falastinlik o‘smir nishonga olingan. 17 yoshli Hamza Amjad al-Ashqar “Nablusga reyd paytida Isroil kuchlari tomonidan yuziga otilgan o‘qdan o‘ldirilgani” aytilmoqda.

Isroil armiyasi al-Ashqarni qo‘shinlarga qarata o‘q uzgan qurolli shaxs sifatida ta’riflagan. 2023-yil boshidan beri Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan falastinliklar soni 42 nafarga yetdi, ular orasida tinch aholi ham bor.

27-yanvar kuni Isroilning Gʻarbiy Sohildagi Jenin shahrida 10 nafar falastinlikni o‘ldirganidan bir kun o‘tib, bosib olingan Sharqiy Quddusda falastinlik qurolli shaxs yetti kishini o‘ldirdi. Isroil kuchlari reydlar jangarilikda gumon qilinganlarni nishonga olish bo‘yicha xavfsizlik chorasi ekanini bildirmoqda. Isroil hukumati hujumlarda ishtirok etgan falastinliklarning uylarini buldozer bilan buzib tashlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »