Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning Kaxramanmarash shahrida xalqaro musobaqada qatnashayotgan o‘zbekistonlik yosh kurashchilar zilzila o‘chog‘idan muvaffaqiyatli olib chiqildi, deya xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.

Foto: MOQ

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashayotgan o‘zbekistonlik kurashchilar zilzila o‘chog‘i hisoblangan Kaxramanmarash shahridan Turkiya poytaxti Anqaraga olib borilgan. Ayni vaqtda delegatsiyaning barcha a’zolari sog‘-salomatligi ma’lum qilindi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Istanbul orqali Toshkentga olib kelinadi. Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev sportchilarni olib kelish uchun Istanbulga jo‘nab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-fevral tongida Turkiyaning Gaziantep shahri yaqinida 7,5 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari yana bir qancha viloyatlarda, shuningdek, Suriya va Livanda ham sezilgan. Shu kuni Turkiya va yana 6 davlatda qator zilzilalar qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »