Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Rossiya hududini nishonga olish uchun o‘zining qurollariga ega. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksiy Danilov CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: The Kyiv Independent

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududidagi zarbalar berishga hech narsa to‘sqinlik qilolmaydi. Siyosatchi shu tariqa Ukrainaning Rossiyaga zarba berishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi.

“Rossiya hududiga kelsak, hech kim bizga Ukrainada ishlab chiqarilgan qurollar bilan nishonlarni yo‘q qilishni taqiqlamaydi, bizda shunday qurollar bormi? Ha, bor”, — dedi Danilov.

CNN Gʻarb davlatlari Ukrainaga yetkazib bergan qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berilishini istamasligini xabar qilmoqda. To‘liq miqyosli bosqin paytida Rossiyadagi strategik obyektlarda tushunarsiz portlashlar doimiy ravishda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, Ukraina bu zarbalar uchun javobgarlikni hech qachon rasman tan olmagan. 

Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov dekabr oyida Rossiyaning ichki qismida, frontdan uzoqda “chuqurroq” hujumlar bo‘lishini prognoz qilgandi. Budanov yanvar oyida ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya ichidagi xurujlarni "ko‘rganidan juda xursand ekani", ammo urushdan keyin Ukrainaning bunday zarbalarda rol o‘ynagan-o‘ynamagani haqida "javob bera olmasligini" aytgan. U Rossiyaning ichida bunday hodisalar ko‘p bo‘lishini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Ukraina mudofaa vaziri G‘arbning uzoq masofali raketalari bilan Rossiya hududini o‘qqa tutmaslikka kafolat berdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »