Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

OpenAI kompaniyasi 2022-yilning 30-noyabr kunida ChatGPT chatbotini ishga tushirdi. Bu texnologiya kopirayterlar, jurnalistlar, maktab o‘qituvchilari va boshqa soha vakillarini ishsiz qoldirishi mumkin degan qo‘rquv paydo bo‘ldi. 

Foto: Bloomberg

ChatGPT loyihasiga bir vaqtlar Ilon Mask sarmoya kiritgan. Hozirda uning asosiy sarmoyadori Microsoft kompaniyasi hisoblanadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Microsoft ChatGPT chatboti uchun yana 10 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi. 

ChatGPT o‘zi nima? 

ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) — OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intelekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi. 

The New York Times’ning yozishicha, Microsoft hozirgacha OpenAI’ga ChatGPT uchun 3 mlrd dollar sarmoya kiritgan. Ikkala kompaniya eng samarali chatbot va dasturlash yordamchisini yaratishdan ko‘ra ko‘proq narsani maqsad qilgan. 

OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat. 

Ijtimoiy tarmoqlarda ChatGPT’ni “Google qotili” deb ham atashmoqda. Bot 1 million foydalanuvchiga ega bo‘lishi uchun atigi besh kun ketgan. Taqqoslash uchun Netflix shuncha foydalanuvchini 3,5 yilda, Facebook 10 oyda, Spotify 5 oyda, Instagram 2,5 oyda yig‘a olgan. Yanvar oyiga kelib ChatGPT foydalanuvchilari 100 milliondan oshgan. 

ChatGPT’ning muhim xususiyati unda xotira mavjud. Bu orqali u suhbatning tafsilotlarini eslab qoladi, o‘rganadi va avvalgi ma’lumotlarga tayanib muloqotni davom ettiradi. 

Sun’iy intelekt boti hozircha O‘zbekistonda rasmiy ravishda mavjud emas. Unga VPN orqali ulanish mumkin. Shunda ham chatbot o‘zbek tilida mukammal muloqat qila olmaydi. 

ChatGPT’ning qanday muammolari bor? 

Chatbotlar internetda joylashtirilgan katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirib, yangi ko‘nikmalar o‘rganar ekan, haqiqiy faktlar va yolg‘onlarni aralashtirib yuborishi, noto‘g‘ri fikr va haqoratli so‘zlardan foydalanishi mumkin. 

Masalan, 2016-yilda Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan Tay chatboti tezda so‘kinishni va irqchi so‘zlardan foydalanishni o‘rgangandi. 

Bundan tashqari ChatGPT’ning bilimi 2021-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlar bilan cheklangan.

Haqoratli kontent paydo bo‘lishining oldini olish uchun ChatGPT’ga ma’lum moderatsiya tizimlari o‘rnatilgan:

  • u hech qanday masala bo‘yicha shaxsiy fikr bildirmaydi;
  • irqi yoki jinsi yo‘q;
  • dinga e’tiqod qilmaydi.

Shuningdek, u qonunni qanday buzish haqida matnlar yaratishga to‘sqinlik qiluvchi filtrlarga ega. 

Sun’iy intelekt sabab odamlar ishsiz qoladimi?

ChatGPT’ning insholar “yozish” qobiliyati o‘qituvchilarni tashvishga solmoqda: AQSHda talabalar allaqachon bot tomonidan yaratilgan ishni o‘zlariga tegishli deb taqdim qilishni boshlagan. 

ChatGPT matnlarni yozib, tahrir ham qila oladi. Buning ortidan yaqin orada kopirayter va jurnalistlar ham o‘z ishlarini yo‘qotishi mumkin degan qo‘rquv bor. Biroq chatbotning eng katta muammolaridan biri — ijodkorlik. U yangi g‘oyalarni taqdim qila olmaydi. Hozircha. 

Sun’iy intelekt mehnat bozorida inson o‘rnini to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtiradi degan gaplarni yozish juda oson. Tarixda ham sanoatda samaradorlikni oshirishga qaratilgan dunyoni larzaga keltiruvchi innovatsiyalar bo‘lgan. 

Eng mukammal texnologiya ham iqtisodiyotni o‘zgartirishi uchun vaqt kerak. Jeyms Vatt 1769-yilda o‘zining bug‘ dvigatelini patentlagandi. Ammo bug‘ quvvati 1830-yillargacha Buyuk Britaniya, 1860-yillargacha esa Amerika sanoatida ot kuchini o‘rnini bosa olmadi.

Britaniya sanoatida bug‘ quvvatining eng yuqori cho‘qqisi Vatt patentidan qariyb bir asr o‘tib, 1850-yillarda sodir bo‘lgan. Biroq sun’iy intelekt ancha tez rivojlanmoqda.  

ChatGPT kabi chatbotlarning rivojlanashi mehnat bozorigi kutilmagan ta’sir qilishi ham mumkin. 

Agar sun’iy intelekt turli xil kasb egalarining mahsuldorligini oshirsa va xarajatlarni kamaytirsa narxlar pasayadi. Bu esa talabni oshiradi. 

Mukammal sun’iy intelekt tarixiy qolipni buzish ehtimoli bor. Oddiy odam qila oladigan deyarli har qanday vazifani bajara oladigan texnologiya insoniyatni noma’lum iqtisodiy hududga olib keladi. 

Foziljon Qambarov
Muharrir:

Foziljon Qambarov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »