Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

ISHID jangarilari Xitoy, Hindiston va Eronning Afg‘onistondagi elchixonalarini nishonga olish bilan tahdid qildi. Bu haqda BMTning tegishli hisobotiga tayanib, Al Arabia xabar berdi.

Foto: AP Photo

BMTning ISHID terrorchilik guruhlari faoliyati haqidagi hisobotiga ko‘ra, ISHIDning mahalliy bo‘limi “Tolibon” va Afg‘oniston bila aloqa o‘rnatishga intilayotgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga urinmoqda. Mazkur hisobot Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashida muhokama qilinishi kutilmoqda. Jangarilar “Tolibon”ning xavfsizlikka bo‘lgan eng jiddiy tahdidlaridan biri bo‘lib, Afg‘onistondagi aholi zich joylashgan hududlarda hujumlar uyushtirib turadi.

Bu Rossiya va Pokiston elchixonalariga, shuningdek, Kobuldagi Xitoy fuqarolari tez-tez boradigan mehmonxonaga qilingan hujumlar fonida yuz bergan. Hindistonning Kobuldagi elchixonasi to‘liq ishlamasa-da, 2022-yili Nyu-Dehlining afg‘on xalqiga gumanitar yordamini muvofiqlashtirish uchun qayta ochilgan.

ISHID tahdidi xalqaro aloqalarni tiklash va qonuniylikni qo‘lga kiritish borasidagi sa’y-harakatlarida jiddiy zarba bo‘ldi. “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan so‘ng deyarli barcha Gʻarb elchixonalari, jumladan, AQSHniki ham Qatarga ko‘chirildi.

BMT hisobotiga ko‘ra, Afg‘oniston sharqidagi Kunar, Nangahor va Nuriston viloyatlarida qo‘shni Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan hududda ISHIDning 6 000 nafar jangchisi bor.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga doir:

Izoh

ШЕРАЛИ УРАЛОВ

09.02.2023, 18:36

Ассалому алайкум ҳурматли Daryo.uz жамоаси сизлардан илтимос мобил иловада жуда камчиликлар кўп. Олдинги илова яхши эди. Бу янги иловада очилиши жуда қийин ва очилмайди. Айниқса бирор хабар ўқиб қолсам, ундан кейин шунга ўхшаш қизиқарли мақола чиқиб қолсам кириб ўқимоқчи бўлсам умуман очмайди.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »