Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida temiryo‘l yuklar tashuvi 10-fevral, juma kunidan boshlab tiklandi. Bu haqda “O'zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, 8—10-fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK o‘rtasida Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘lini ekspluatasiya qilishni kelgusida davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

Shuningdek, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Hayraton stansiyasiga yetkazib berish 10-fevraldan qayta tiklandi. Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi 1-fevraldan boshlab vaqtincha to‘xtatilgandi. 4-fevral kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi rahbariyati iltimosiga ko‘ra keyingi hafta boshida Termizda temiryo‘l orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Hayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish bo‘yicha “Sogdiana trans” bilan yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »