Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘lidan foydalanish borasida yangi kelishuv imzolandi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.

Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati

10-fevral kuni Termizda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Sogdiana Trans” ShK va Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi delegatsiyalari o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.

12-fevral kuni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va “Sogdiana Trans” ShK o‘rtasida Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘lida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish to‘g‘risida yangi kelishuv imzolandi. Yangi kelishuvga ko‘ra, “Sogdiana Trans” 2 yil davomida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bundan tashqari, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi. Hamda Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratdi.

Qayd etilishicha, 10—11-fevral kunlari 714 ta yuk vagonlari yetkazildi. Bugungi kunga qadar yuklarni yetkazib berish davom etmoqda.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »