Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kolbasa qo‘shib tayyorlanadigan yumshoq xamirli mini-pitssa italyan klassikasiga umuman o‘xshamaydi, biroq u juda mazali ta’mga ega. Pitssaga oshxonangizda bor bo‘lgan boshqa mahsulotlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • sut — 150 ml
  • suv — 150 ml
  • shakar — 2 osh qoshiq
  • quruq xamirturush — 2 choy qoshiq
  • un — 500-550 g
  • sariyog‘ — 3 osh qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq
  • tuz — 1 choy qoshiq
  • kolbasa — 300 g
  • qattiq pishloq — 250 g
  • pomidor qaylasi yoki ketchup — 70 ml
  • piyoz – ta’bga ko‘ra
  • qo‘ziqorin — ta’bga ko‘ra
  • tuzlangan bodring — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Iliq sut, suv, shakar, xamirturush va 4 osh qoshiq unni aralashtiring. Aralashmani sochiq bilan yoping va ko‘pik paydo bo‘lguncha 10-15 daqiqa davomida iliq joyda qoldiring.
  2. Xamirga eritilgan sariyog‘, o‘simlik yog‘i va tuz qo‘shing. Sekin-asta un qo‘shib, yumshoq va ozgina yopishqoq xamir holatiga keltiring.
  3. Xamirni dumaloq shaklga aylantiring, idishga soling va oziq-ovqat plyonkasi yoki sochiq bilan yoping. Xamirni 60-90 daqiqa davomida ko‘tarilishi uchun iliq joyda qoldiring.
  4. Xamir ikki baravar kattalashganda, uni 8-10 ta teng bo‘laklarga bo‘ling. To‘plarga aylantiring, yopishqoq plyonka yoki sochiq bilan yoping va 20-30 daqiqaga qoldiring.
  5. Kolbasani kichik kub shaklida kesib oling. Pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Pechni 190 daraja haroratda oldindan qizdiring. Listni pishiriq qog‘ozi bilan yoping.
  6. To‘p shaklidagi xamir bo‘laklarini tekislang. Diametri 12-15 sm bo‘lgan dumaloq pitssa xamirlarni tayyorlash uchun xamirni qo‘llaringiz bilan cho‘zing va keyin uni listga joylashtiring.
  7. Pitssa xamirining ustiga pomidor qaylasini quying, kolbasa va pishloqni soling. Uni oldindan qizdirilgan pechda 17-20 daqiqa davomida qizarguncha pishiring.

Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »