Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotlarini ishlab chiqaruvchi Qozon aviatsiya zavodining muhandisi AQSHga qochib ketdi. Bu haqda Insider xabar berdi.

Foto: Wikimedia

AQSH bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati hisobotida tegishli ma’lumot keltirilgan. Muhandis bombardimonchi samolyot haqida ma’lumot berish evaziga AQSHdan boshpana so‘ramoqda. Rossiyaning Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotida ishlovchi muhandislardan biri dekabr oyi oxirida oilasi bilan zirhli jipda Meksika orqali AQSHga qochib o‘tgan.

Erkak muxolifatchi Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlagan namoyishlarda qatnashgani uchun Rossiya rasmiylari tomonidan ta’qib qilinishidan qo‘rqishini bildirdi. U boshpana bergani uchun Rossiya harbiy aviatsiyasi haqida muhim ma’lumotlarni ochiqlashga tayyorligini aytdi. Erkak muhandis-qurilish mutaxassisi bo‘lgani va 2018-yildan 2021-yilgacha Qozon shahridagi Tupolev aviatsiya zavodida ma’lum turdagi harbiy samolyotlar ishlab chiqarishda ishlaganini ta’kidladi.

Amerika razvedka idoralari rossiyalikni uzoq vaqtdan tekshirib, u haqiqatan ham muhim ma’lumotlarga ega degan xulosaga keldi.

“So‘nggi bir necha yil ichida Tupolev zavodi samolyotning takomillashtirilgan versiyasini yaratish bo‘yicha yangi yirik dasturni, shuningdek, mavjud samolyotlarni modernizatsiya qilish dasturini boshladi”, — deyiladi xabarda.

Amerika rasmiylari bu voqeani jurnalistlarga tasdiqlash yoki rad etishdan bosh tortdi. Hozirda Federal qidiruv byurosi erkakni so‘roq qilmoqda. Shu bilan birga, harbiy ekspert Maykl Kofman muhandis qanday ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkinligini tushuntirdi.

"Tupolev kabi harbiy sanoat korxonasida ishlaydigan shaxs Tu-160 bombardimonchi samolyotining texnik xususiyatlari va uning yangi ishlab chiqilgan versiyasi, turli ishlab chiqarish jarayonlari haqida bir qator ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin”, — dedi Kofman.

Tu-160 qanday samolyot?

Tu-160 Tupolev konstruktorlik byurosi tomonidan 1970-yillarda ishlab chiqilgan qit’alararo strategik bombardimonchi. U Rossiyaning mavjud bo‘lgan eng yaxshi strategik bombardimonchisi hisoblanadi. 2015-yilda Rossiya Tu-160M ​​samolyotining yangilangan versiyasini ishlab chiqarishga qaror qildi. Ochiq manbalardan ma’lumki, 2022-yil oxiriga kelib shunday samolyotlardan biri noldan qurilgan, ikkinchisi esa eski texnikani chuqur modernizatsiya qilish natijasida yaratilgan.

Ukrainaga qarshi urushda Rossiya Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga raketa zarbalari berish uchun Tu-160 bombardimonchi samolyotlaridan foydalanmoqda. 2022-yil dekabr oyida Tu-160 samolyotlari joylashgan aerodromlarda portlashlar sodir bo‘lgandi. Shundan so‘ng Rossiya bombardimonchi samolyotlarni boshqa joyga ko‘chirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »