Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida havoning mayda chang zarralari bilan ifloslanishi o‘rta va yaxshi darajada. Bu inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Tabiat resurslari vazirligi boshqarma boshlig‘i Aziz Kalimbetovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning tabiiy xususiyatlari (quruq iqlim, qumli va gilli tuproq) sababli atmosfera havosida muallaq zarrachalar — chang miqdori yuqori hisoblanadi.

“Gidrometeorologiya” xizmati agentligining Toshkent shahridagi havo sifatini 15 ta nuqtaga o‘rnatilgan moslamalar orqali o‘lchab boriladi va kuzatuv natijalariga ko‘ra havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi darajasi havoning o‘rta va yaxshi darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi. Bu esa, inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Maqola e’lon qilingandan keyin Tabiat resurslari vazirligining Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘rganish tahlil ishlari olib borilib, shahar hududining bir nechta nuqtalarida atmosfera havosidan tahlil uchun namunalar olingan. Olingan tahlil natijalariga ko‘ra atmosfera havosidagi zararli moddalar miqdori me’yor darajasidan ortiq holatlar aniqlanmagan.

Toshkent shahrida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan korxonalarda ushbu holatlarni bartaraf qilishga ko‘maklashish bo‘yicha yo‘l xaritasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Hozirda holat bo‘yicha tegishli mutasaddi vazirlik va idoralarning mutaxassislari ishtirokida qo‘shimcha ilmiy o‘rganishlar va tahlillar olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »