Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning bir necha qiruvchi va strategik bombardimonchi samolyotlari Alyaska yaqinidagi xalqaro havo hududini kesib o‘tgani sababli AQSH jangovar samolyotlari havoga ko‘tardi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Foto: News18

Xabarda aytilishicha, Shimoliy Amerika Aerokosmik Mudofaa Qo‘mondonligi (NORAD) havo hududiga ikkita F-16 qiruvchi samolyotini yuborgan. NORAD bayonotida Rossiya samolyoti AQSH havo hududiga kirmagani va hech qanday xavf tug‘dirmagani keltirilgan. 

“Rossiya samolyoti xalqaro havo hududida qoldi va AQSH yoki Kanada havo hududiga kirmadi”, — deyiladi bayonotda.

NORAD gap Rossiyaning Tu-95MS samolyoti va ularga hamroh bo‘lgan qiruvchilar haqida ketayotganini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Rossiya ularning aviatexnikalari xalqaro suvlarda, xususan, Alyaska va Rossiya o‘rtasidagi Bering dengizida rejalashtirilgan parvozlarni amalga oshirganini ma’lum qildi. Rossiya samolyotlari bu hududda avval ham parvoz qilgan, biroq Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidan keyin G‘arb davlatlari o‘z chegaralari yaqinida Rossiyaning har qanday harbiy faoliyatidan xavotirda. AQSH armiyasi Xitoy shari urib tushirilgandan keyin havo kuchlarini shay holatga keltirgan.

14-fevral kuni Niderlandiyaning ikkita F-35 qiruvchisi uchta Rossiya harbiy samolyotidan iborat guruhni Polsha osmonida tutib, ularni NATO masʼuliyati hududidan tashqariga olib chiqqan.

2022-yil oktyabr oyida AQSH Harbiy-havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotlari AQShning Alyaska shtati yaqinida Rossiyaning ikkita Tu-95 strategik bombardimonchi samolyotini payqab, to‘xtatib qolgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »