Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buyuk Britaniya mudofaa tahlil markazi Ukrainadagi urush 2023-yilda tugamasligi va kamida keyingi yil davom etishini prognoz qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Reuters

Qirollik birlashgan xizmatlar instituti direktori o‘rinbosari Malkolm Chalmersning aytishicha, G‘arb yaqin oylarda Ukrainaning qarshi hujumini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu Ukraina harbiylarining uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rishi uchun zarurdir.

“Chunki 2023-yil urushning tugash ehtimoli juda past”, — dedi Chalmers.

Uning fikricha, bugun na Rossiya, na Ukraina jang maydonida ustunlikka ega. Britaniya xizmati vakili Rossiya samolyotlarini Ukraina bilan chegaralariga joylashtirayotgani haqida ham izoh berdi. Bu tashvishli voqealigi, ammo "favqulodda vaziyat emas"ligini ta’kidlagan.

Qirollik instituti rahbari o‘rinbosari Rossiya frontda juda ko‘p odamlari va ko‘plab texnikalarini yo‘qotayotganini qayd etdi. Hozirgi masala rus qo‘shinlari hujumni qanchalik ko‘tara olishida ekanini aytdi.

"Bu urushning dastlabki bosqichi kabi Ukraina hududlarini bosib olishga o‘xshamaydi. Chunki ukrainaliklar hozir safarbar va o‘z huquqlari, hududlari uchun juda qattiq kurashmoqda”, — dedi Malkolm Chalmers.

Eslatib o‘tamiz, 7-fevral kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya-Ukraina urushi 2023-yilda Rossiyaning g‘alabasi bilan yakunlanishini aytgandi. Unga ko‘ra, “G‘arb tiz cho‘kadi” va u Moskva bilan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi.

1-fevral kuni Ukraina razvedka rahbari Kirill Budanov Ukraina 2023-yil yozgacha Qrimni ozod qilishi va shu tariqa Rossiya bilan urushni tugatishi kerakligini aytgandi. Unga ko‘ra, bahorda Rossiya yana keng ko‘lamli hujumga o‘tishga urinib ko‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »