Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oziq-ovqat kanserogenlari sog‘liq uchun xavfli, saraton rivojlanish xavfini oshiradi. Ular saraton o‘smalarining shakllanishida ishtirok etish darajasini tekshirish davom etmoqda, ammo bugungi kunda organizmni salbiy taʼsirlardan himoya qilish tavsiya etiladi.

Kanserogenlar nima?

Kanserogenlar DNK ishini faol ravishda buzadigan, organizm hujayralarida nosozliklarni keltirib chiqaradigan turli xil vositalar va moddalardir. Kanserogen moddalar bora-bora saraton o‘simtasining shakllanishi va rivojlanishining patofiziologik jarayoni bo‘lgan kanserogenezga olib keladi. Yaʼni, organizm uchun potensial xavfli moddalarning taʼsiri oqibatida o‘simta rivojlanadi. Kanserogenlar, odatda, do‘kondan sotib olingan mahsulotlarda oziq-ovqat qo‘shimchalari, konservantlar va taʼm kuchaytirgichlarning tushunarsiz nomlari ostida yashirishadi.

Foto: Championat

Hatto, foydali oziq-ovqat mahsulotlari ham agar ularni noto‘g‘ri uslubda pishirish natijasida kanserogen taomga aylanishi mumkin. Masalan, o‘simlik yog‘ida qovurish, qizartirib qovurish, sirka bilan konservalash kabi.

Qarsildoq shaklda qovurilgan qobiqda (qovurilgan kartoshka yoki go‘sht) zaharli birikmalar hosil bo‘ladi:

  • Akrilamid;
  • Yog‘ kislotalari metabolitlari;
  • Turli xil aldegidlar;
  • Benzapiren.

Shuningdek, bunday zaharli birikmalar qovurilgan bo‘g‘irsoq va teshik kulcha (ponchik)larda, kartoshka chipslarida, ko‘mirda dudlab pishirilgan go‘shtda uchraydi.

Foto: Championat

Agar mahsulot uzoq vaqt davomida yog‘da qovurilsa, kanserogenlar taʼsiri kuchayadi. Ko‘pgina ovqatlanish shoxobchalarida gigiyena meʼyorlariga eʼtibor berilmaydi va o‘nlab porsiya mahsulotlar aksariyat bitta yog‘da qovuriladi.

Bunday idishlarda zararli moddalar konsentratsiyasi juda yuqori bo‘lib, ulardan bir marta tatib ko‘rish ham sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Sunʼiy shirinlagichlar

Vazn yo‘qotish uchun sunʼiy shirinlagichlardan foydalanish organizmga zarar yetkazadi. Gazlangan ichimliklar, qahva va parhez bop shirinliklarda mavjud bo‘lgan sintetik shakar o‘rnini bosuvchi moddalar kilogramm yo‘qotishga emas, aksincha, kilogramm ortishiga olib keladi.

Sintetik moddalar oziq-ovqat isteʼmolini tartibga solishning tabiiy jarayonini bloklaydi, shirinliklarga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.

Foto: Championat

Aspartam — xavfli shakar o‘rnini bosuvchi modda bo‘lib, homiladorlik davrida katarakta va gastroparez (hazm funksiyasining buzilishi) bilan bir qatorda onkologik kasalliklar, homila rivojlanishiga xavf tug‘diradigan omillarni keltirib chiqarishi mumkin. Saxarin, sukraloza va boshqa sintetik shirinlagichlar ham shunga o‘xshash salbiy xususiyatlarga ega.

Shakar o‘rnini bosuvchi moddalarni muntazam ravishda isteʼmol qilish organizmda xavfli diketopiperazin toksining shakllanishiga olib keladi. Ushbu modda saraton, ko‘pincha miya o‘simtasining rivojlanish xavfini oshiradi.

Yumshoq pishloq

Bunday mahsulotlar tarkibida yuqori miqdorda kanserogen moddalar mavjud: stabilizator natriy pirofosfat (E450), 5-almashtirilgan natriy trifosfat (E451), karagenan (407), mashhur oziq-ovqat qo‘shimchasi bo‘lgan E621 (mononatriy glutamat) va boshqalar.

Foto: Championat

E338-341, E407, E450-454 kabi qo‘shimchalar hazm funksiyasi buzilishini keltirib chiqaradi. E250 eng zaharli modda hisoblanib, organizmning ovqatdan zaharlanishiga sabab bo‘ladi.

Kaliy nitrat (E252) bosh og‘rig‘i, buyrak yallig‘lanishi va boshqa organlarning disfunksiyasini keltirib chiqaradi. Bu, ayniqsa, astma xastaligi bo‘lgan bemorlar uchun xavflidir, chunki u kuchli bo‘g‘ilishni qo‘zg‘atishi mumkin.

To‘yintirilgan un

Bug‘doy uni va boshqa qayta ishlangan unlar ko‘pincha pishiqlar uchun ishlatiladi. Ushbu mahsulot uglevodlarning yuqori miqdoriga ega bo‘lib, ular qonda shakar darajasini keskin oshiradi va insulin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, saraton o‘smalari va diabet rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.

To‘yintirilgan oliy navli undan qilingan mahsulotlarni muntazam isteʼmol qilish ayollarda ko‘krak saratoni xavfini oshiradi.

Foto: Championat

Eslatma: Belgiya olimlari saraton o‘smalari qon oqimidagi shakar bilan oziqlanishini isbotladilar, shuning uchun qayta ishlangan oziq-ovqatlar va shakardan voz kechish saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.

Baliq yetishtiradigan fermalardagi lososlar

Yog‘li baliqlar sog‘liq uchun foydalidir, chunki ular omega-3 yog‘ kislotalari, fosfor, kalsiy va boshqa zarur elementlarni o‘z ichiga oladi. Afsuski, do‘kon rastalaridagi losos baliqlarining ko‘pchiligi fermer xo‘jaliklarida yetishtiriladi, bu uning foydasini o‘n barobarga kamaytiradi.

Foto: Championat

Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan baliqlar kanserogen bo‘lib, kimyoviy moddalar, antibiotiklar, pestitsidlar va boshqa maʼlum kanserogenlar bo‘lgan sunʼiy oziq-ovqat bilan boqiladi. Ushbu moddalar baliq go‘shtiga singib, isteʼmol qilinganda inson tanasiga kiradi.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Kolbasa, sosiska va qayta ishlangan go‘shtlarda kanserogen bo‘lgan kimyoviy konservantlar mavjud. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bunday go‘sht mahsulotlarini odamlar uchun kanserogenlar, deb tasniflaydi.

Foto: Championat

Nitritlar kolbasalarga ishtahani ochuvchi qizil rang beradi va ularning uzoq saqlanib turishini taʼminlaydi. Ushbu kimyoviy birikmalar oshqozon shirasining taʼsiri ostida kanserogen nitrozaminlarga aylanadi, ular oshqozon-ichak traktining shilliq qavatiga jiddiy taʼsir ko‘rsatadi va saraton o‘simtasining shakllanishiga olib keladi.

Natriy nitrit (E250) yo‘g‘on ichak, oshqozon osti bezi va prostata saratoni xavfini oshiradi.

Vodorodlangan yog‘lar

Transyog‘lar vodorod yordamida kimyoviy yo‘l bilan ishlab chiqariladi. Bularga turli xil margarinlar, sut yog‘i o‘rnini bosuvchi moddalar va boshqa tabiiy bo‘lmagan yog‘lar kiradi.

Vodorodlangan yog‘lar ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlarida ularning saqlash muddatini uzaytirish va ishtahani ochuvchi ko‘rinishini saqlab qolish uchun ishlatiladi. Bunday yog‘lar pishiriqlar va qandolat mahsulotlari, souslar, mayonez, chipslar, yarim tayyor oziq-ovqatlar, fastfudlarga qo‘shiladi.

Foto: Championat

Vodorodlangan yoki qisman vodorodlangan o‘simlik yog‘laridan isteʼmol qilish organizmdagi hujayra membranalarining tuzilishini va elastikligini o‘zgartiradi, bu onkologik kasalliklarning boshlanishiga olib keladi, yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Siropli gazlangan suv

Bo‘sh kaloriyalar bilan to‘yintirilgan, shakar, oziq-ovqat bo‘yog‘i qo‘shib ishlangan gazli shirin ichimliklar tarkibida saraton hujayralarini oziqlantiradigan boshqa kanserogenlar mavjud.

Foto: Championat

Alkogolsiz ichimliklarga qo‘shiladigan E150 qo‘shimchasi (shakar yoki karamel rangi) tarkibida kanserogen 4-metilimidazol mavjud bo‘lib, u qon saratoni, jigar va qalqonsimon bez o‘smalari rivojlanish xavfini oshiradi.

Ortofosfor kislotasi (E338) shirin yaxna ichimliklarga ham qo‘shiladi, bu esa hazm bo‘lish jarayonini buzadi.

E950 va E951 qo‘shimchalari yurak-qon tomir tizimining faoliyatiga salbiy taʼsir qiladi, rivojlanayotgan homilaga zarar yetkazishi ham mumkin.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Singapur olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, haftada ikki porsiya gazlangan suv ichish oshqozon osti bezi saratoni rivojlanish xavfini deyarli ikki baravar oshiradi.

Organizmni kanserogenlar taʼsiridan qanday himoya qilish kerak?

Immunitetni qo‘llab-quvvatlash va salomatlikka g‘amxo‘rlik qilish orqali kanserogenezning oqibatlari va kanserogenlarning taʼsiridan qochish mumkin. Bunda yetarlicha uxlash, jismoniy mashqlar qilish va to‘g‘ri ovqatlanish muhimdir.

Foto: Championat

Kuchli immunitet kanserogen hujayralarini yo‘q qiladi, organizmni saraton xavfidan himoya qiladi.

Kanserogenlarning organizmga kirib borishini kamaytirish uchun ularning soni va taʼsir qilish muddatini cheklash kerak. Shu bois bir nechta tavsiyalarga amal qilish zarurdir.

  • Ratsiondan kelib chiqishi va sifati shubhali bo‘lgan oziq-ovqatlarni chiqarib tashlang.
  • Konservantlar, bo‘yoqlar, transyog‘lari bo‘lgan mahsulotlardan foydalanishni cheklang.
  • Qovurilgan, dudlangan go‘sht va panjara va ochiq olovda pishirilgan idishlarni suiisteʼmol qilmang.
  • Yog‘da go‘sht, baliq va boshqa ovqatlarni qovurish o‘rniga pishiring.
  • Chekishni tashlang.
  • Spirtli ichimliklar isteʼmol qilishni kamaytiring, iloji bo‘lsa, ularni umuman ichmang.

To‘g‘ri ovqatlanish va foydali taomlar kanserogenlarning hujumini yengishga yordam beradi. Kimyoviy reaksiyalar orqali organizmdagi xavfli birikmalarning salbiy taʼsirlarni bloklaydigan bir qancha mahsulotlar bor.

Kanserogen moddalar bilan kurashuvchi mahsulotlarga quyidagilar kiradi:

  • Yangi karam, sabzi, lavlagi va bu sabzavotlardan siqilgan yangi sharbatlar;
  • Suvga to‘yintirilgan grechka, suli yormasi, guruch;
  • Ko‘k choy;
  • Sut mahsulotlari;
  • Quritilgan mevalardan tayyorlangan kompot.
    Foto: Championat

Har kuni yangi sabzavot va dukkakli mahsulotlarni isteʼmol qilishga harakat qiling, chunki ular zaharli neoplazmalar paydo bo‘lishidan to‘liq himoya qiladi, oshqozon-ichak shilliq qavatini to‘plangan kanserogenlardan tozalashga yordam beradi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »