Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namanganda mijozlarning plastik kartalaridan 440 million so‘m yechib olgan bank xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Chust tumani, “Ko‘ktosh” mahallasida yashovchi ayol tuman ichki ishlar idorasiga murojaat qilib, bank plastik kartasidan 9 million 785 ming so‘m nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganini bildirgan va pullarini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Namangan viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va Chust tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi bank filialining bosh menejeri lavozimida ishlovchi shaxs sodir etganligi aniqlandi. U ruxsatsiz kompyuter tizimiga kirib, mazkur bankning Chust filiali xodimidan mijozlarning pullari saqlanadigan parollarni bilib olgan. Shundan so‘ng mijozlarning plastik karta kabinetlariga kirib, 22 nafar fuqaroning jami 440 million so‘mini yechib olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Hozirda mazkur shaxs ushlangan va undan aybini tasdiqlovchi daliliy ashyolar, jumladan, mobil telefon va bank tranzaksiyalari olingan. Bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »