Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qish mavsumida kvartiralarning barchasi ham yetarli darajada issiq bo‘lmaydi. Xonadon sovuq bo‘lsa, qanday isinish kerak? Siz uchun foydali bo‘ladigan baʼzi layfxaklarni to‘pladik, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.

Vaqtincha oshxonaga ko‘chib o‘ting

Oshxonadagi havo harorati uyning umumiy o‘rtacha qiymatidan taxminan 2-3 daraja yuqori ekanini bilib oling. Bu yerda choynak, gaz pechka, mikroto‘lqinli pechdan chiqadigan issiqlik bilan hamohang bo‘lasiz. Masalan, masofadan turib ishlayotgan bo‘lsangiz, sovuq havo vaqtida vaqtinchalik oshxonaga ko‘chib o‘ting.

Pechenye va piroglar pishiring

Pishirish u qadar qiyin bo‘lmagan, oddiygina choy yoki kofe bilan ichish uchun pechenye, pirog va pishiriqlar tayyorlang. Ularni duxovkaga qo‘yishdan oldin pechni, albatta, qizdirasiz, va bu xonaning muayyan darajada isishiga sabab bo‘ladi. Pechni o‘chirgandan so‘ng, eshigini bir muddat ochiq qoldiring. Oshxonada bug‘ va yuqori namlik hosil qiladigan taomlarni kamroq tayyorlashga harakat qiling. Nam havo quruq havodan sovuqni ko‘p saqlaydi.

Ovqatlarni issiq-issiq tanovul qiling

Sovuq iqlim sharoitida qadimgi xitoycha uslubda ovqatlanish tavsiya etiladi. Qadimda Xitoy aholisi mahsulotlarni yin va yangga bo‘lishgan. Yin ovqatlari tanani sovituvchi, yang ovqatlari esa isituvchi hisoblanadi. Sizga yang mahsulotlari kerak. Haddan tashqari achchiq bo‘lmagan ziravorlarni isteʼmol qilish terlashni keltirib chiqaradi. Suli yormalari, ayniqsa, jigarrang guruch, grechka mahsulotlaridan tez-tez yeb turing. Taomnomangizni kartoshka, yasmiq, go‘shtli sho‘rvalar, parranda go‘shti, tuxum va yong‘oqlar bilan to‘ldiring.

Pardalarning pastki qismini ko‘taring

Tashqarida qorong‘i tushishi bilan pardalar yopilishi kerak. Pardalarning qattiq ustki yopinchig‘i yopilishi bilanoq, xona va batareya o‘rtasidagi osilgan qavatni (tyul) deraza tokchasiga ko‘tarib qo‘ying.

Shunday qilib, xonadagi issiqlikni maksimal darajada ushlab turasiz. Qalin pardalar tungi vaqtda issiqlik izolyatsiyasi sifatida ishlaydi va uyni sovuq havodan himoya qiladi. Kun mobaynida esa quyosh chiqqanda, xonani biroz isitish uchun pardalarni iloji boricha ochish kerak.

Folgadan ekran yasang

Batareya va tashqari devor o‘rtasida folga ekranini qo‘ying. Axir, batareya ikkalasini ham isitadi. Nima uchun ko‘chani isitish kerak? Har qanday qurilish folgasi bunday ekranga aylanishi mumkin. Qurilish bop folga bo‘lmasa, oziq-ovqat pishirishga mo‘ljallangan oddiy oshxona folgasi ham qo‘l keladi.

Karamdek qavat-qavat kiyining

Bu sabzavot qanday ko‘rinishini eslaysizmi? Bitta qalin kiyimdan ko‘ra, yupqaroq qavat-qavat sviter kiygan afzal. Yengil, paxtadan qilingan kiyimlar narsalarni kiying. Paypoq va issiq shippaklarni ham unutmang. Qalin paypoq va shippak, odatda, sovuq kvartirada eng yaxshi qutqaruv xizmatidir.

Issiqlik seanslarini qabul qiling

Masalan, televizor yoki noutbuk qarshisiga o‘tirganda oyoqlarni issiq suvga vanna qilish, ichish uchun qo‘lga bir piyola issiq choy olish kabi yoqimli hissiyot ulashuvchi muolajalar desa ham bo‘ladi. Buning uchun siz unga zanjabil, dolchin, limon, asal yoki chinnigullar qo‘shishingiz mumkin. Tanlov o‘zingizda.

Derazalarni izolyatsiya qilish

Ushbu layfxak eski derazalarni ikki qavatli derazalarga almashtirmaganlar uchun. Bunday derazalardagi yoriqlar orqali issiqlikning 20-30 foizi chiqib ketadi. Derazalardagi yoriqlarni maxsus qoplamalar bilan yopish uchun dangasa bo‘lmang.

Isitgich sotib oling

Agar uy juda sovuq bo‘lsangiz, ehtimol isitgichga sarmoya kiritish vaqti kelgandir? Asosi moy yoki infraqizil isitgich arzon emas, agar pulni iqtisod qilmoqchi bo‘lsangiz, arzonroq issiq shamol beruvchi isitgichdan sotib oling. Eng muhimi, uni tun bo‘yi yoniq qoldirmang. Bu xavfsiz emas.

Grelka va shishalardan foydalaning

Kechasi ko‘rpa-to‘shaklarga o‘ranib yotish ham to‘g‘ri qarordir. Oyog‘ingiz uchiga qaynoq suv solingan grelka yoki shisha idishni qo‘ysa bo‘ladi. faqat kuyib qolishdan ehtiyot bo‘ling! Yoki bo‘lmasam sizda elektr choyshab yoki adyol sotib olish varianti ham bor.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »