Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qarorga ko‘ra, xalqaro moliya institutlarining 7,8 million dollar miqdoridagi grant mablag‘idan 2023-yilda quyidagi choralar ko‘riladi:

  • yillik quvvati 10 ming tonna bo‘lgan mayda shoxli mollar uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilish;
  • chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini tashkil qilish;
  • qorako‘lchilik-naslchilik xo‘jaliklarida 500 ming bosh mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish.
  • Shuningdek, don yetishtirish uchun 800 gektar yaylov o‘zlashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, 500 gektar yaylovda quyosh energiyasida ishlaydigan nasos agregatlari yordamida yerosti suvlarini chiqarish hamda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha namunaviy pilot loyihasi amalga oshiriladi.

2023-yil 1-avgustgacha:

  • ijaraga berilgan yaylov yer maydonlari (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan o‘tkazilib, yaylovlardan foydalanishning holati hamda shartnoma talablari bajarilganligi o‘rganiladi;
  • yaylov yer maydonlaridan maqsadsiz foydalangan holatlar yuzasidan choralar ko‘riladi;
  • yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritish yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil 1-sentabrgacha yangi tahrirdagi “Yaylovlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »