Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida  35 tup daraxt noqonuniy kesilishi oqibatida tabiatga qariyb 200 million so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi

Foto: Mirzo Ulug'bek tuman hokimligi axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, 17-fevral kuni tumandagi “M.T.” MCHJga ijaraga berilgan 5000 kvadrat metr hududdagi 35 tup daraxt maxsus qasddan nobud qilingan. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 196 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Mirzo Ulug'bek tuman hokimligi axborot xizmati

Ma‘lumot uchun, noqonuniy kesilgan har bir daraxt va butalar uchun prezidentning tegishli farmoniga asosan, noqonuniy kesilgan har bir daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida qo‘shimcha 100 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni uch yil davomida parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar yuklatiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »