Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Avatar: Suv yo‘li” blokbasteri “Titanik” filmini ortda qoldirib, tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmlar reytingida uchinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ikkala film ham dunyoga mashhur rejissor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan.

Foto: “Yandeks.ru” 

Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni “Avatar” filmining birinchi qismi va “Qasoskorlar: Intiho” kinokartinasi egallab turibdi. “Avatar: Suv ​​yo‘li” ikki oylik prokatdan so‘ng, 2,243 milliard dollar daromad keltirdi. Bu mablag‘ning 657 million dollari AQSHdan, 1 milliard 586 million dollari esa xalqaro hududlardan yig‘ilgan.

“Titanik” filmi o‘tgan hafta Shimoliy Amerikada va boshqa joylarda qaytadan namoyish etila boshlandi. Qaytadan taqdim etilgan reliz melodramaning daromadini 2,242 milliard dollarga yetkazishga yordam berdi.

“Chumoli odam va Ari: Kvant olami” kinokartinasi premyeradan so‘ng 225 million dollar mablag‘ to‘pladi. Dam olish kunlarini hisobga olgan holda, Shimoliy Amerikadagi natija 239 million dollarni tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »