Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ulug‘bek Egamov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

U 2022-yil 12-aprel kuni prezident topshirig‘i bilan agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Unga loyihalar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangidan tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Shu kungi yig‘ilishda agentlik va viloyat hokimlari oldiga 2022-yilning o‘zida 80 million dollarlik 34 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qo‘yilgani ma’lum qilingan. Mutasaddilarga yirik xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazib, kamida 10 ta brendni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishish topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 10-fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev qamoqqa olingandi. Ma’lum qilinishicha, agentlik tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda budjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropining nojo‘ya ta’siri sababli o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan. Xususan, to‘plangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori Sardor Kariyev hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »