Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 31 yil to‘ldi — 1992-yil 19-fevral kuni ushbu ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan kun sifatida tarix sahifalariga bitilgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi Twitter’dagi sahifasida ko‘p yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirilgan post e’lon qildi va 1992-yilning 17-fevralida chop etilgan “O‘zbekiston ovozi” gazatasi muqovasini ilova qildi. Unda AQSHning o‘sha vaqtdagi davlat kotibi Jeyms Beykerning O‘zbekistonga ikki kunlik tarixiy tashrifi yoritilgan. Ushbu tashrifdan so‘ng ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan.

Foto: Twitter / O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi

“31 yil avval O‘zbekiston va AQSH diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Shundan buyon mushtarak maqsadlarni amalga oshirish va hamkorligimizni mustahkamlash yo‘lida birgalikda harakat qilib kelmoqdamiz. Ko‘p yillar davomidagi hamkorlik uchun minnatdormiz va kelgusida ham hamkorlikni davom ettirib, birgalikda muvaffaqiyatga erishishga umid qilamiz”, — deyiladi elchixona xabarida.

2017-yildan beri O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida ishlab kelayotgan Javlon Vahobov ham ko‘p yillik do‘stona munosabatlarga tayangan holda yanada chuqurroq aloqalar o‘rnatilishiga umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, AQSH O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 25-dekabrda tan olgan. 1992-yil martda esa Toshkentda AQSH elchixonasi ochilgan. 2002-yil martida Vashingtonda tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston va AQSH prezidentlari Strategik hamkorlik haqida deklaratsiyani imzolagan.

2018-yil 15—17-may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga birinchi rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi va uning yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi davri boshlangani haqida qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »