Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Federal Majlisga murojaatida Ukrainaning Rossiya aerodromlariga qilgan hujumiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: “Kremlin.ru”

“Bilamizki, G‘arb Kiyev rejimining bizning strategik aviatsiya obyektlarimizga zarba berishga urinishda bevosita ishtirok etmoqda. Hujum uchun foydalanilgan dronlar NATO mutaxassislari yordamida jihozlanib, modernizatsiya qilingan”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar pasaygani va bunga Qo‘shma Shtatlar sababchi ekanini ta’kidladi.

“AQSH dunyo tartibini faqat o‘zi uchun o‘zgartirishni boshlaganini qabul qilib bo‘lmaydi”, — dedi Vladimir Putin.

Vladimir Putinning Rossiya Federal Majlisiga murojaati

Putin 21-fevral kuni Federal Majlisga murojaat qilib, Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” davom etishini ma’lum qildi. 

“Bugun men mamlakatimiz uchun og‘ir davrda gapiryapman. Butun dunyoda orqaga qaytarilmas tub o‘zgarishlar, mamlakat va xalq kelajagini belgilovchi eng muhim tarixiy voqealar ro‘y bermoqda. Har birimiz uchun ulkan mas’uliyat bor”, — dedi Putin.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti agar Ukrainaning G‘arb ittifoqchilari uzoq masofaga uchuvchi qurollarni ko‘proq yetkazib bersa, rus harbiylari tahdidni Rossiya chegaralaridan uzoqlashtirishga majbur bo‘lishini aytdi. Shuningdek, Putin Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida gapirar ekan, “G‘arbning maqsadi — rossiyaliklarning jabr ko‘rishi”, ekanini aytdi.

Bundan tashqari, siyosatchi Rossiya yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarini eng so‘nggi tizimlar bilan jihozlash darajasi 91,3 foizni tashkil etishini ma’lum qildi.

Rossiya aerodromiga hujum

26-dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Saratov viloyatidagi “Engels” harbiy aerodromida portlashlar sodir bo‘lgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari aerodrom uzra Ukraina dronini urib tushirgan, uning qismlari qulashidan uch nafar askar halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Rossiya aerodromdagi aviatexnikalarini boshqa joyga ko‘chirgan. 

Britaniya razvedkasi Rossiya samolyotlarining “Engels” aerodromidan ko‘chirilishi Ukrainaga zarba berishda qanday ta’sir qilishini prognoz qildi. The New York Times nashri Rossiya aerodromlaridagi portlash Ukraina energetika tizimiga raketa zarbalari berishni murakkablashtirishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »