Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Donald Tramp agar AQSHdagi kelgusi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, rossiyalik va ukrainalik hamkasblari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiyga harbiy mojaroni hal qilish masalasida qo‘ng‘iroq qiladi. Amerika sobiq prezidenti Floridadagi tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida shunday va’da berdi.

Foto: Getty Images

“G‘alabam ma’lum bo‘lgan o‘sha kechada men ikki kishiga qo‘ng‘iroq qilaman: Putin va Zelenskiyga. Ularga “uchrashishimiz kerak” deb aytaman. Men bu masalani hal qila olishimga kafolat beraman. Biz 24 soat ichida kelishuv tuzamiz”, — dedi Tramp.

Sobiq prezident, agar u hozir AQSH yetakchisi bo‘lganida, Rossiya urush boshlamagan bo‘lardi, degan fikrini takrorladi. U, shuningdek, Ukrainaga yordam uchun sarf-xarajatlarni to‘xtatishga, buning o‘rniga tezroq kelishuvga erishishga chaqirdi: “Milliardlab, yuzlab milliard dollarlarni sovurish mumkin emas”. Trampning fikricha, AQSHning yordami mojaroni uzaytirmoqda.

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, an’anaviy tarzda noyabr oyida o‘tkaziladi, inauguratsiya esa 2025-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.

Tramp allaqachon prezidentlikka nomzodini e’lon qilgan. U avval ham Ukrainadagi urush haqida bir necha bor gapirgan, amaldagi prezidenti Jo Baydenning harakatlarini tanqid qilgan va unga qarshi bayonotlar bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »