Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vladimir Putin Rossiyada 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashish-qatnashmasligi haqida hozircha gapirmagan. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov “TASS” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Kremlin

“Bu borada bayonot eshitdingizmi? Men ham eshitmadim”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi jurnalistning tegishli savoliga javoban. Peskov prezident bu boradagi qarorini qachon e’lon qilishi haqida bir narsa deyolmasligini aytdi.

21-fevral kuni Putin Federal Majlisga murojaat yo‘llar ekan, 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari qatʼiy qonunlarga muvofiq, shuningdek, barcha demokratik va konstitutsiyaviy tartiblarga rioya qilingan holda o‘tkazilishini aytdi. Bu 2023-yil sentabrida mahalliy va mintaqaviy hokimiyat organlari uchun bo‘ladigan saylovlarga ham tegishli, dedi Rossiya rahbari.

Qonun bo‘yicha Putin 2024-yilda yangi prezidentlik muddati uchun nomzodini qo‘yish huquqiga ega. Yanvar oyi boshida “Kommersant” manbalari Kremlning ichki siyosiy bloki 2024-yilgi prezidentlik saylovlariga ular belgilangan muddatda va amaldagi prezident ishtirokida o‘tkazilishidan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘rishni boshlagani haqida xabar bergandi. Meduza 2022-yil oktabr oyida Kreml prezidentlik kampaniyasiga tayyorgarlikni boshlaganini yozgan.

Prezident saylovidan avvalgi so‘nggi hududiy saylovlar 2023-yil sentabriga belgilangan, “Kommersant” manbasi aytishicha, u ancha ko‘p sonli hududlarni o‘z ichiga oladi. Demak, hududiy saylovlarda ham texnologik, ham mazmuniy g‘oyalarni sinab ko‘rib, so‘ng ularni 2024-yilda ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Bu yil kamida 20 ta hududda gubernatorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlari, 16 tasida esa qonunchilik majlislariga saylovlar bo‘lib o‘tishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »