Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Olimlar uzoq vaqtdan beri Yerning markazida nima borligi bilan qiziqadi va yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot Yerning metall yadrosida alohida 643 738 metr kenglikdagi temir shari borligi haqidagi nazariyani ilgari surdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Euronews

Yangi tadqiqotga ko‘ra, tashqi qobiq, mantiya va erigan suyuq tashqi yadro ostida Yerning qattiq metall markazi joylashgan bo‘lib, u aslida yashirin qatlam yoki “ichki yadro”ga ega. Kashfiyot Yerning to‘rtta emas, balki beshta asosiy qatlamga ega ekanini ochib beradi. Bu olimlarga Yer va uning qanday paydo bo‘lgani haqida yangi tafsilotlarni taqdim etishi kutilmoqda. Olimlar ilk bor Yer yadrosida qo‘shimcha, ko‘zga tashlanmaydigan qatlam bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. 

Foto: Drew Whitehouse

Tadqiqotchilar Yer markazidan o‘tadigan zilzilalarning seysmik to‘lqinlarini o‘lchash yo‘li bilan Yerning eng ichki yadrosini aniqladi. Seysmik to‘lqinlar — zilzila, vulqon otilishi yoki boshqa sabablar natijasida Yerning ichida yoki yuzasi bo‘ylab hamda uning ichki qatlamlari bo‘ylab tarqaladigan tebranishlardir.

“Ushbu tadqiqotda birinchi marta kuchli zilzilalar natijasida hosil bo‘ladigan va yer sharining bir chetidan ikkinchisiga besh martagacha oldinga va orqaga harakatlanuvchi seysmik to‘lqinlarning kuzatuvlari haqida xabar bermoqdamiz”, — deydi tadqiqot hammuallifi doktor Han-Song Fam.

Olimning ta’kidlashicha, beshinchi qatlam ilgari batafsil kuzatilmaganining sababi, uning tarkibi boshqa qatlamlarga o‘xshashligidir. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, kashf etilgan markazning kengligi ehtimol 400 milya (644 kilometr) bo‘lgan temi shar bo‘lib, uning tashqi qobig‘i temir-nikel qotishmasidan iborat.

Foto: Drew Whitehouse

Yer yadrosini baholashga kelganda, tadqiqotchilar seysmik to‘lqinlar u orqali turli yo‘nalishlarda qanchalik tez o‘tishini ko‘rib chiqdi va beshinchi qatlam to‘lqinlar tezligini o‘zgartirganini aniqladi. Aniq ichki yadroning mavjudligi olimlarga Yerning magnit maydonini va u qanday rivojlanganini tushunishga yordam beradi.

Bundan tashqari kashfiyot “boshqa sayyoralar bilan nima yuz berishi mumkinligi haqida tushuncha beradi. Misol sifatida Marsni olaylik. Biz hali ham nima uchun (Marsning magnit maydoni) o‘tmishda mavjud bo‘lmaganini tushunmayapmiz”, — dedi Fam.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »