Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston mehmondo‘st davlatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi, Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Welcoming Countries Rank-2023 tegishli reytingi e’lon qilindi.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Reytingni tuzishda qancha fuqarolarning mamlakatga vizasiz kirishi yoki uni kelganida olishi mumkinligi hisobga olingan. Shu tariqa O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng mehmondo‘st davlat deb topildi. Respublikaga 139 davlat fuqarolari vizasiz rejimda tashrif buyurishi mumkin. 

Reytingda bir o‘ringa bir nechta davlatlar ham to‘g‘ri keladi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari reytingda quyidagi o‘rinlarni egallagan:

  • Tojikiston 49-o‘rin
  • Qirg‘iziston 53-o‘rin
  • Qozog‘iston 54-o‘rin
  • Turkmaniston va Afg‘oniston 82-o‘rin

Avvalroq Numbeo tahliliy xizmati jinoyat darajasi bo‘yicha davlatlarning 2023-yilgi reytingini tuzgandi. O‘zbekiston 142 mamlakat ichida 104-o‘rinni egallagan. Reytingda yuqori o‘rinni egallagan davlatlarda jinoyatchilik yuqori, quyi o‘rinlarda esa past, ammo xavfsizlik yuqori bo‘ladi. O‘zbekistonning reytingidagi jinoyatchilik indeksi 33,5 foizni, xavfsizlik indeksi esa 66,5 foizni tashkil qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »