Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ushbu retseptni tayyorlash oson emasligiga qaramay, u hali ham sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari orasida keng tarqaldi va barcha kasalliklar uchun panaseya hisoblanadi. Haqiqatan ham shundaymi, quyida batafsil javob olasiz.

Albatta, ilik sho‘rvani barcha kasalliklarga davo deb atab bo‘lmaydi, lekin uning foydali xususiyatlari haqiqatan ham ta’sirli. Bu taom vitaminlar, minerallar, aminokislotalarga boy (jelatin va kollagenning yuqori miqdori tufayli), ovqat hazm qilish traktining faoliyatini yaxshilaydi, miya faoliyatini rag‘batlantiradi, immunitetni mustahkamlaydi, metabolik jarayonlarni o‘rnatishga va vazn yo‘qotishga yordam beradi. Linoleik kislota mavjudligi sababli organizmdagi yallig‘lanishni to‘xtatadi, suyak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi, terining holatiga, asab tizimiga va uyqu sifatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu retsept 2000 yildan ko‘p vaqt avval Xitoyda paydo bo‘lgan va o‘sha paytdan beri keng miqyosda iste’mol qilinadi.

Foto: Marie Clarie

Shuni ta’kidlash kerakki, ilik sho‘rvaning barcha foydali xususiyatlari faqat uzoq vaqt mobaynida qaynatishdan keyin paydo bo‘ladi: mol go‘shti kamida 12 soat qaynashi kerak. Bundan tashqari, ingrediyentlarning sifati ham muhimdir. Aksariyat diyetologlar ilik sho‘rvani yuqori sifatli, organik mahsulotlardan, masalan, o‘t bilan oziqlangan mol go‘shti, semirtiruvchi gormonlar va antibiotiklarsiz yetishtirilgan parranda go‘shtidan tayyorlash kerakligini ta’kidlaydilar.

Biroq bu taom ayrimlarga foydali bo‘lmasligi mumkin: shifokorlarning ta’kidlashicha, ma’lum kasalliklarga chalinganlar ilik sho‘rvadan iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishi kerak:

  • Siydik yo‘llari kasalliklari yoki boshqa buyrak muammolari.
  • Ovqat hazm qilish tizimidagi buzilishlar.
  • Xolesterinning yuqori darajasi.
  • Yurak-qon tomir kasalliklari.

Ilik sho‘rva qanday tayyorlanadi?

Foto: Marie Clarie

Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu taomni tayyorlashda asosiy narsa yuqori sifatli ingrediyentlar va qaynatish vaqtidir, lekin hech kim unga sevimli ziravorlar yoki yangi ko‘kat qo‘shib, taomni yanada mazali va o‘ziga xos ta’m hosil qilishni taqiqlamaydi. Shifobaxsh ilik sho‘rvaning klassik retseptini baham ko‘ramiz.

Tarkibi:

  • 1,5 kg ilikli suyaklar (ta’bga ko‘ra boshqasi bilan almashtirilishi mumkin);
  • 20 ml iste’mol sirkasi;
  • 1 dona piyoz.
  • 1 dona sabzi.
  • Ta’bga ko‘ra ziravorlar.

Tayyorlash usuli:

Suyaklarni tayyorlang va tozalangan sabzavotlar bilan birga pechda bir soat davomida qaynating. Keyin sabzavotlarni bir chetga olib, suyaklarni kastryulkaga soling, ustidan suv va sirkani quying (sirka suyaklardan kerakli makroelementlarni chiqarishga yordam beradi). Sho‘rva qaynab chiqquncha o‘rtacha olovda, so‘ng olovni minimal darajaga kamaytiring va vaqti-vaqti bilan aralashtirib, taomni kamida 6 soat davomida qaynating. Dasturxonga tortishdan oldin unga sabzavot, ziravorlar qo‘shing. Tushlik yoki kechki ovqat uchun ilik sho‘rvani asosiy taom sifatida yoki ertalab och qoringa ichishingiz mumkin. Bundan tashqari, uni muzlatib qo‘yish va kerak bo‘lganda ishlatish mumkin.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »