Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstraliya kino akademiyasi (AACTA) 12-xalqaro mukofotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Tashkilotda ovoz beruvchi a’zolarning xulosalariga ko‘ra, Jeyms Kemeronning “Avatar: Suv yo‘li” filmi 2022-yilning eng yaxshi filmi deb topildi.

Foto: “Film.ru”

Martin MakDonaning “Inisherinalik Banshi” tragikomediyasi uchta yo‘nalish bo‘yicha: “Yilning eng yaxshi ssenariysi”, “Yilning eng yaxshi ikkinchi darajali aktyori” (bu nominatsiyada Brendan Glison g‘olib bo‘ldi) va “Yilning eng yaxshi ikkinchi darali aktrisasi” (bu yo‘nalishda Kerri Kondon g‘olib deb topildi) mukofotni qo‘lga kiritdi.

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” nominatsiyasida “Tar” filmida bosh rolni ijro etgan Keyt Blanshett va “Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida “Elvis” kinokartinasida bosh qahramonni gavdalantirgan Ostin Batler g‘olib deb topildi. Musiqachining hayoti haqida hikoya qilinadigan biografik filmni suratga olgan rejissor Baz Lurman ham mukofotga loyiq ko‘rildi.

“Avatar: Suv yo‘li” “Yilning eng yaxshi filmi” sifatida to‘rtta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan.

Yaqinda “Avatar 2” kinokartinasi jahon prokatida 2,248 milliard dollar to‘plab, “Titanik”ni ortda qoldirdi va barcha davrlarning eng ko‘p daromad keltirgan uchinchi filmga aylandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »