Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha Stranja—2022 musobaqasida 26-fevral, yakshanba kuni final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Boks federatsiyasi
  • Adhamjon Muhiddinov (-60 kg) bolgariyalik Radoslav Rosenovga yengildi (1:4);
  • Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) o‘zbekistonliklar to‘qnashuvida Ruslan Abdullayevni yengdi (4:1);
  • Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) o‘zbekistonliklar to‘qnashuvida Bekzod Hamidovdan ustun keldi (5:0);
  • Saidjamshid Ja’farov (-71 kg) turkiyalik Yerdemir Tugruxanni yutdi (5:0).

Bundan oldin Hasanboy Do‘stmatov va Shodiyor Meliqo‘ziyev finaldagi g‘alaba evaziga oltin medalga ega chiqqani, Mirazizbek Mirzaxalilov va Saidaxon Rahmonova hal qiluvchi bahsda yengilgani xabar qilingandi.

Avvalroq Bahodir Jalolov va Shohjahon Abdullayev raqiblari ringga chiqishdan bosh tortgani sabab oltin medalni muddatidan avval qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronzaga ega chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »